Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

To‘lov tizimilari departamenti

Yangilangan sana:  5 Yan 2024, 16:22
  • Rahbar: Vakant

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-61-29

Vazifa va funksiyalar

Departamentning asosiy vazifalari:

to‘lovlar va to‘lov tizimlari sohasida yagona davlat siyosatini yuritishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarish

Departamentning asosiy funksiyalari:

  • to‘lov xizmatlari bozorida aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun yangi to‘lov xizmatlarini amaliyotga joriy etish, QR-kod va NFC-texnologiyalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, mijozlarni masofaviy bank xizmatlaridan foydalanishga keng jalb etish orqali to‘lovlarni 24/7 rejimida o‘tkazish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish;

  • to‘lov tizimlari infratuzilmasini, bankomatlar va terminallar tarmog‘ini yanada kengaytirish bo‘yicha ishlarni bajarish va nazorat qilish;

  • to‘lov xizmatlari bozorida to‘lov tizimlari sub'ektlari faoliyatini samarali nazorat qilish, ularning reestrini yuritish va choralar belgilash;

  • naqd pulsiz to‘lovlarni yanada kengaytirishda elektron pullarni ommalashtirish uchun shart-sharoit yaratish;

  • banklar va to‘lov tizimi sub'ektlarini Markaziy bankning to‘lov tizimlarida ishtirok etishiga doir masalani ko‘rib chiqish va hal qilish;

  • to‘lov tizimlari faoliyati, bank kartalari muomalasi, elektron pullar va naqd pulsiz hisob-kitoblar qoidalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.

USD = 12697.00
+2.04
EUR = 13547.70
+38.99
RUB = 135.05
+0.39
GBP = 15836.97
+11.43
JPY = 82.23
+0.12
CHF = 13966.56
+37.48
CNY = 1753.95
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X