Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5002

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Yoshlar yetakchilari kengashi

        Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

        So‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.

        «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi.

        Ushbu Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tugatilib, uning negizida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PQ-4768-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimida Yoshlar yetakchilar kengashi faoliyati tashkil etildi.

        Yoshlar yetakchilar kengashi o‘z faoliyatida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bank tizimida xizmat qilayotgan yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini ilgari surib boradi.



USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X