Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
222

3 so‘m (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

1994

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
1994 yil namunasidagi  3 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 3 so'm bo'lgan banknotining o'lchami 120x62 mm bo'lib, butun banknot sathida bir tekis joylashgan sakkiz qirrali naqsh shaklidagi va qoramtir chiziqlar ko'rinishidagi suv belgisi tushirilgan oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning chap tomonidagi chekkasidan taxminan 1/3 qismi oralig'idagi masofada uning butun eni bo'ylab himoya ipi o'tgan. Old tomoni asosan qizg'ish-qo'ng'ir va yashil-sarg'ish ranglarda, orqa tomoni esa, qizg'ish-qo'ng'ir va sarg'ish ranglarda berilgan. Banknot old tomoni markazining yuqori qismida qizg'ish-qo'ng'ir soyali harflar bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan so'zlar yozilgan.

Matn ostida yashil-qizg'ish-qo'ng'ir tusdagi chiziqlar bilan chirmashib ketgan naqshinkor bezak bor. Banknotning chap qismidagi bir-biriga chatishib ketgan qizil va sarg'ish tusdagi to'lqinsimon chiziqlardan iborat giloshirlangan bezak ustida O'zbekiston Respublikasining Gerbi to'q qizg'ish-qo'ng'ir rangda tasvirlangan. Banknotning chap qismidagi Gerb ostida lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va ettita raqamli nomer qora rangda ko'rsatilgan. Banknotning o'ng qismidagi giloshirlangan bezak ustida to'q qizg'ish-qo'ng'ir rangdagi sakkiz qirrali naqsh joylashgan. U milliy uslubda bajarilgan bo'lib, o'rtasida naqshinkor "3" raqami bor. Sakkiz qirrali naqsh tagida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi qizg'ish-qo'ng'ir rangdagi "1994" raqamlari joylashgan.

Banknotning pastki qismida uch qirrali shakl ichida to'q qizg'ish-qo'ng'ir rangda "3" raqamlari joylashgan. Bu raqamlar oralig'idagi trapetsiya shaklidagi ramka ichida "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan so'zlar 3 satrga joylashtirilgan. Trapetsiya shaklidagi shu ramkaning 3 tomonida (ikki yoni va tagida) qizg'ish-qo'ng'ir tusdagi "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" uzluksiz mikromatni yozilgan. Pastdagi ramka ostida banknot uzunligi bo'ylab eni 2 mm bo'lgan naqshinkor chiziq o'tgan.    

Banknotning orqa tomonidagi ramkaning o'ng va chap qismlari o'rtasida ichi yashil naqshli bo'lgan olti qirrali 2 ta oq bezak bor. Bu bezaklar banknot old tomonidagi olti qirrali oq bezaklar ustiga tushadi.

Banknotning o'rtasida sarg'ish fon bilan Buxoro shahridagi "ChAShMAI AYuB" tarixiy-me'moriy yodgorligi tasvirlangan. Banknotning chap qismida to'q sariq naqshinkor ramkada giloshirlangan chiziqlar bilan to'q qizg'ish-qo'ng'ir soyali naqshinkor "3" raqami tasvirlangan. Banknotning o'ng qismi pastki burchagida to'q sariq rangdagi yashil soyali naqshinkor "3" raqami tasvirlangan. Ramkaning pastki qismi qiya chiziqlar bilan 3 bo'lakka ajratilgan bo'lib, uning chap va o'ng tomonlaridagi qiya to'rtburchaklar ichida qizg'ish-qo'ng'ir fonda yashil soyali oq rangda "UCh SO'M" so'zlari yozilgan. O'rtadagi qiya to'g'ri burchakli ramkada sarg'ish fon ostida "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNAN TA'QIB QILINADI" yozuvi joylashtirilgan.

Banknotning old va orqa tomonlari markaziy qismida nusha ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor. Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, uning old tomoni o'rtasida "3" raqami yorishib ko'zga tashlanadi. Shu joyning o'zida sarg'ish tusdagi giloshirlangan bezak bo'lib, to'q yashil rangda banknotning seriyasi va raqami, orqa tomon markazida esa, sarg'ish bo'yoqdagi detallar — zangori va yashil rangli tolalar ko'rinadi.


USD = 10371.76
+7.28
EUR = 12153.63
-101.33
RUB = 133.19
-1.84
GBP = 13393.05
-128.45
JPY = 98.40
+0.24
CHF = 11340.21
-48.08
CNY = 1548.90
+0.41
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X