Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
193

5 so‘m (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

1994

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
1994 yil namunasidagi  5 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 5 so'm bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi shakli tushirilgan lokal suv belgisi bor. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi presslangan bo'lib, unda oq tusdagi "O'ZBEKISTON” so'zi ketma-ket takrorlanib, ularning birida harflar to'g'ri, ikkinchisida esa qiya joylashgan.

Banknotning old tomoni asosan ko'k va qizg'ish-qo'ng'ir rangda, orqa tomoni esa ko'k, yashil va binafsha ranglarda. Banknotning markaziy qismida Buxoro shahridagi "MINORAI KALON" yodgorligining memoriy lavhasi tasviri ustida ko'k rangda O'zbekiston Respublikasi Gerbi joylashgan. Uning ikkala tomonida geometrik shakldagi bezaklar ichida ko'k-oq rangdagi ikkita "SEMURG'" qushi tasvirlangan. Gerb ostidagi me'moriy lavha tasviri ustida to'q ko'k soyali oq rangda naqshinkor "5" raqami joylashgan bo'lib, uning ostida to'q ko'k soyali oq rangda "BESh SO'M" so'zlari bor. Raqamlar orasining o'rtasida joylashgan sarg'ish ramkada "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn ko'k rangda yozilgan. Banknot o'ng tarafining quyi qismida naqsh tasvirlangan bo'lib, uning o'rtasidagi yashil bezak fonida och jigarrang hoshiyali oq rangda "5" raqami bor. Bezak ustida banknot chiqarilgan yilni bildiruvchi och jigarrang tusdagi "1994" raqamlari yozilgan. 

Asosiy ramkaning ikki chetidagi qizg'ish-ko'k rangli ikki chiziq orasida ko'k-qizg'ish rangda "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan uzluksiz mikromatn joylashtirilgan bo'lib, uni lupa yordamida o'qish mumkin. Banknot markazining quyi qismidagi ko'k-zangori rangli geometrik fon ostida, "MINORAI KALON" lavhasining yon tomonlarida ikkita "5" raqami bo'lib, ular yashirin bosma usulida bosilgan va quyosh nuri yoki chiroqqa tutib qaralganida ko'rinadi. Banknot chap tomonidagi ramkaning yuqori qismida hamda o'ng tomonidagi ramkaning pastki qismida qora rangda yozilgan lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer mavjud.

Banknotning orqa tomonida Toshkent shahrining Milliy bog'iga Alisher Navoiyga bag'ishlab o'rnatilgan me'moriy-haykaltaroshlik kompozitsiyasi tasvirlangan. Yodgorlik ko'k rangda bo'lib, uning o'rtasida binafsha rangga o'tuvchi och zangori tusdagi osmon foni aks ettirilgan. Rasmning pastki burchaklaridagi ramka ichida zangori tusli ikkita naqsh joylashgan bo'lib, ularning o'rtasida oq rangdagi ko'k hoshiyali "5" raqamlari bor. Raqamlar o'rtasida sarg'ish rangdagi ramka ichida "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn ikki qatorga joylashtirilgan.

Banknotning o'rtasida nusxa ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor. Banknotning old tomoni markazida ultrabinafsha nurlar tasirida "5" raqami, markaziy ramkada och sarg'ish va to'q yashil ranglarda banknotning seriyasi va nomeri, orqa tomonning markazida esa, och sarg'ish rangda tasvirlangan detallar hamda zangori va yashil tolalar yorishib ko'rinadi.


USD = 10315.62
+20.29
EUR = 12210.60
+15.78
RUB = 136.28
-1.37
GBP = 13322.62
+151.8
JPY = 98.67
+1.67
CHF = 11315.95
-15.03
CNY = 1524.29
+17.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X