Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

1 000 so'm

2001

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
2001 yil namunasidagi 1000 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1000 so'm bo'lgan banknoti 144x78 mm o'lchamdagi qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq maydonda O'zbekiston Respublikasi Gerbi ko'rinishidagi va uning ostida joylashgan "1000" raqami ko'rinishidagi lokal suv belgisi mavjud. Banknotning chap qismida kengligi 4 mm bo'lgan chiziq ko'rinishidagi tor oq maydon bor. Banknotning deyarli markazida uning butun eni bo'ylab kengligi 1,2 mm bo'lgan metall qo'shilgan poliefir himoya ipi o'tadi. Unda oq rangda bir gal to'g'ri, bir gal qiya harflar bilan yozilgan va ko'p marta takrorlanuvchi "O'ZBEKISTON" matni bor.

Banknotning old tomoni asosan havo rang, nim olcha rang, jigarrang va binafsha ranglardan, orqa tomoni esa, zumrad, binafsha, yashil va havo ranglardan iborat. Banknot old tomonining yuqori qismida nim havo rang tasmada to'q yashil rangli soya tushirilgan och tusdagi "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn mavjud. Banknotning chap tarafida bir necha turli rangdagi giloshirlangan bezaklar fonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Bezaklarning o'ng tarafida sakkiz qirra shaklida naqshinkor elementlar joylashtirilgan. Chap tarafda Gerbdan sal yuqoriroqda to'rtburchak ko'rinishidagi naqsh joylashgan bo'lib, u mujassamlashtirish effektidan foydalanilgan holda banknotning orqa tomonidagi rasmga mos keladi. O'zbekiston Respublikasi Gerbi tagida lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer joylashgan. Banknotning maxsus magnit bo'yoq qo'shilgan qora rangda bajarilgan aynan shu nomeri biletning pastki qismidagi oq maydonda takrorlanadi.

Rasm o'ng tomonining pastki burchagidagi naqshinkor ramka ichida olcha rang ko'rinishida "1000" raqami bilan banknotning qiymati aks ettirilgan bo'lib, uning ustiga yirik harflar bilan to'q jigarrangda "SO'M" va "BIR MING" deb yozilgan. Banknotning chap va o'ngdagi quyi burchaklarida to'q jigarrang bilan "1000" raqami tasvirlangan bo'lib, banknotning qiymatini bildiradi. To'q jigarrang naqshinkor ramka tagidagi to'g'ri to'rtburchakda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn bir qatorga yozilgan.

Banknotning naqshinkor ramkasi, "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" yozuvi, Gerb, chapdagi va o'ngdagi "1000" raqamlari, shuningdek, banknot keng oq sathining yuqori qismida joylashgan naqsh metallografiya bosma usuli qo'llanilgan holda bajarilgan bo'lib, banknot barmoq uchlari bilan paypaslab ko'rilganida, bo'yoqning bo'rtib turganligi seziladi.

Naqshinkor ramkaning o'ng tomonidagi yuqori qismi quyosh nurlari yoki yorug'likka tutib qaralgan vaqtda, yashirin bosma usulida bajarilgan "UZB" harflarining joylashtirilganligi ko'rinadi. "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" mikromatnli chiziq banknotning yuqori qismida naqshinkor ramkaning davomi sifatida joylashgan. Oq sathning yuqori qismida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi "2001" raqami bor. Uning tagida kuzatish burchagiga qarab rangi yashildan to'q qizilgacha o'zgarib boruvchi sakkiz qirrali naqsh mavjud.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, qog'ozga tartibsiz ravishda presslangan yashil va havo rang tolalar bilan birga ramkaning o'ng qismi ham tovlanib ko'rinadi. O'zbekiston Respublikasi Gerbining chap tarafida uch qatorga ustma-ust joylashtirilgan turli balandlikdagi "1000" raqamlari giloshirlangan fonda yorishib ko'rinadi.

Banknot orqa tomonining markazida havo rang fonda jigarrang ko'rinishdagi Temuriylar tarixi muzeyi binosi tasvirlangan. Rangli nusha ko'chirishga qarshi bo'lgan himoya belgisi "X" ko'rinishidagi shakl, banknot sathining yuqori qismi chap burchagida aks etgan. Binoning o'ng tarafida milliy uslubda typli rangdagi naqshinkor bezaklar tasvirlangan.

Banknotning pastki qismidagi to'g'ri to'rtburchakda oq rang bilan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn yozilgan. Turli rangdagi naqshinkor elementlar fonida o'ngdagi pastki burchakda "1000" raqamli yozuv mavjud. Tangirlangan havo rang fonning chapki yuqori burchagida aynan shunday "1000" va bir-birini kesib o'tuvchi "BIR MING SO'M" yozuvlari bor. Banknotning chapki quyi burchagida naqshinkor ramka ustida to'q jigarrangda bajarilgan "1000" raqami o'rtacha kattalikdagi harflar bilan yozilgan.


USD = 12628.05
+7.96
EUR = 13616.83
+17.42
RUB = 136.42
-0.31
GBP = 15927.76
+35.28
JPY = 83.44
+0.11
CHF = 14007.82
+81.44
CNY = 1748.70
+3.28
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X