Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

50 so'm (2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

Yangilangan sana:  23 Iyun 2020, 15:14
2001

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2001 yil namunasidagi  50 so`m qiymatidagi tangasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001 yil namunasidagi, qiymati 50 so`m bo'lgan tangasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi nishonlanishi munosabati bilan tayyorlangan.

Tanga mis-ruh qotishmasi bilan qoplangan bo'lib, po'latdan tayyorlangan, rangi oq. Tanga old tomonining yuqori qismi markazida tanga qiymati - "50" raqam bilan aks ettirilgan, uning tagida "SO'M" deb yozilgan, quyi qismida esa, O'zbekiston Respublikasining xaritasi tasvirlangan. Tanga qiymatining yuqori qismida aylana bo'ylab, "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi" so'zlari bo'rttirib yozilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O'zbekiston Respublikasining Gerbi tasvirlangan bo'lib, uning atrofida tanganing tashqi aylanasi bo'ylab, "O"ZBEKISTON MARKAZIY BANKI" degan matn yozilgan. Gerbning pastki markaziy qismida tanga chiqarilgan yil - "2001" raqamlari aks ettirilgan. Tanganing yon tomonidagi to'plar bir xil masofada joylashgan bo'lib, uning har bir to'pida 10 dona, umumiy soni 100 dona bo'lgan bo'rtma tishlardan iborat.


USD = 12697.00
+2.04
EUR = 13547.70
+38.99
RUB = 135.05
+0.39
GBP = 15836.97
+11.43
JPY = 82.23
+0.12
CHF = 13966.56
+37.48
CNY = 1753.95
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X