Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tahlili

Yangilangan sana:  22 Fev 2020, 00:12

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish kredit tashkilotlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Markaziy bank rahbariyati tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuliga alohida e’tibor qaratilib, 2017 yil davomida Markaziy bank tomonidan bank xizmatlarini ko‘rsatish masalalari bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan jami 846 ta fuqaro qabul qilindi. Shundan 592 ta fuqaroga amaliy yordam, 254 ta fuqaroga esa tegishli maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, respublikamiz hududlarida tijorat banklarining vakillari ishtirokida aholi bilan muntazam ravishda sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ushbu sayyor uchrashuvlarda 2017 yil davomida Markaziy bank rahbariyati tomonidan 167 ta fuqaro qabul qilindi.

Respublikamiz hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Markaziy bank rahbariyati va tijorat banklari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabullarda esa bank faoliyatiga oid masalalar yuzasidan 12 582 ta fuqaro murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, 2017 yilda Markaziy bankka jami 7 281 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 657 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, 2 425 tasini Markaziy bank Raisining virtual qabulxonasi, 1431 tasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, 1 138 tasini Markaziy bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa vazirlik hamda idoralar orqali kelib tushgan murojaatlar hamda 1630 tasi Markaziy bank rahbariyatining shaxsiy qabullarida va «Ishonch telefoni» orqali bildirilgan og‘zaki murojaatlar tashkil etadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soni

Murojaatlarning barchasi belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, ularda qayd etilgan masalalarni hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Murojaatlarning bank xizmati turlari kesimidagi tarkibi, foizda

Bank sohasiga oid murojaatlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, murojaatlarning 36,2 foizini xorijiy valyutani sotib olish va milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan respublikada valyuta siyosati liberalizatsiyasi amalga oshirilishidan oldingi davrga to‘g‘ri keladi.

2017 yilning ikkinchi yarmida mamlakatimiz valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralarning ko‘rilishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmonining qabul qilinishi natijasida aholining xorijiy valyutani sotib olish masalalari bilan bog‘liq murojaatlari soni keskin kamaydi.

Shu bilan birga, murojaatlarning 34,8 foizi bank kreditlarini olish bilan bog‘liq masalalarga oid bo‘lib, ularning aksariyati garov ta’minoti yetishmovchiligi, ipoteka kreditining boshlang‘ich badal summasini to‘lash, ta’lim krediti hamda imtiyozli kredit olish to‘g‘risidagi murojaatlardir.

Shuningdek, murojaatlarning 8,6 foizini bank xizmatlarining ommabopligini va bank xizmatlari turlarini taqdim etish qoidalarining shaffofligini oshirish borasidagi murojaatlar tashkil etadi.

Murojaatlar tarkibining o‘zgarish dinamikasi

Qolgan murojaatlar esa bank xizmatlarini rivojlantirish, hisob raqamidan naqd pul olish, terminallar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va plastik kartalardan foydalanish, bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish va to‘lovlarni amalga oshirishda bank harakatlarini tekshirish, mikrokredit tashkilotlarining faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kelib tushgan.

Moliya bozorlarida xizmat ko‘rsatish ko‘lamining kengayishi, yangi xizmat turlarining taklif etilishi, shu jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalari asosidagi bank mahsulotlarining paydo bo‘lishi Markaziy bankning bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari lozim darajada himoyalanishini ta’minlash borasidagi o‘rni va rolini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bois Markaziy bankning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi. Bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini va moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish mazkur tuzilmaning asosiy vazifalari etib belgilandi.


USD = 10315.62
+20.29
EUR = 12210.60
+15.78
RUB = 136.28
-1.37
GBP = 13322.62
+151.8
JPY = 98.67
+1.67
CHF = 11315.95
-15.03
CNY = 1524.29
+17.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X