Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Muomala davri 12 oy bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha 2019 yil 27 fevralda o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  17 Iyul 2019, 13:32

Joriy yilning 27 fevral kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo‘lgan 1 mln.so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 40 mlrd.so‘mlik 40 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz to‘lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 4ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 83,3 mlrd.so‘m hajmidagi 82 000 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 40 000 dona qimmatli qog‘ozlar 40,7 mlrd.so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish kuni (2020 yil 27 fevral) auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 46 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 12,98 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlilik darajasi - 12,86 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi - 13,01 foizni tashkil etdi.




 
USD = 10414.86
+23.93
EUR = 12344.73
+50.18
RUB = 136.69
+2.35
GBP = 13833.02
+131.54
JPY = 100.29
+0.97
CHF = 11433.59
+47.52
CNY = 1587.44
+13.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X