Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Muomala davri 12 oy bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha 2019 yil 5 mart kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  17 Iyul 2019, 13:34

Joriy yilning 5 mart kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo‘lgan 1 mln.so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 30 mlrd.so‘mlik 30 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz to‘lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 2ta diler ishtirok etgan bo‘lib, ular tomonidan 30,0 mlrd.so‘m hajmidagi 30 000 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 30 000 dona qimmatli qog‘ozlar 30,02 mlrd.so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 34,5 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi, minimal daromadlilik darajasi hamda chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi yillik 14,94 foizni tashkil etdi.




 
USD = 10414.86
+23.93
EUR = 12344.73
+50.18
RUB = 136.69
+2.35
GBP = 13833.02
+131.54
JPY = 100.29
+0.97
CHF = 11433.59
+47.52
CNY = 1587.44
+13.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X