Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Muomala davri 12 oy bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha 2019 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  17 Iyul 2019, 13:35

Joriy yilning 19 mart kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo‘lgan 1 mln.so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 80 mlrd.so‘mlik 80 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz to‘lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 6ta diler ishtirok etgan bo‘lib, ular tomonidan 142,8 mlrd.so‘m hajmidagi 140 469 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 80 000 dona qimmatli qog‘ozlar 81,46 mlrd.so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 92 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 12,94 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlilik darajasi - 12,20 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi - 13,29 foizni tashkil etdi.




 
USD = 10414.86
+23.93
EUR = 12344.73
+50.18
RUB = 136.69
+2.35
GBP = 13833.02
+131.54
JPY = 100.29
+0.97
CHF = 11433.59
+47.52
CNY = 1587.44
+13.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X