Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Muomala davri 12 oy bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha 2019 yil 15 may kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  17 Iyul 2019, 13:37

Joriy yilning 15 may kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo‘lgan 1 mln.so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 100 mlrd.so‘mlik 100 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz to‘lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 10ta diler ishtirok etgan bo‘lib, ular tomonidan 478,7 mlrd.so‘m hajmidagi 463 924 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 100 000 dona qimmatli qog‘ozlar 104,1 mlrd.so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 115 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi, minimal daromadlilik darajasi hamda chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi yillik 10,47 foizni tashkil etdi.




 
USD = 10414.86
+23.93
EUR = 12344.73
+50.18
RUB = 136.69
+2.35
GBP = 13833.02
+131.54
JPY = 100.29
+0.97
CHF = 11433.59
+47.52
CNY = 1587.44
+13.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X