Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Muomala davri 18 oy bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha 2019 yil 22 may kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida ma’lumot

Yangilangan sana:  17 Iyul 2019, 13:50

Joriy yilning 22 may kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 18 oy bo‘lgan 1 mln.so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 100 mlrd.so‘mlik 100 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz to‘lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 6ta diler ishtirok etgan bo‘lib, ular tomonidan 295,1 mlrd.so‘m hajmidagi 283 405 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 100 000 dona qimmatli qog‘ozlar 106,45 mlrd.so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qog‘ozlarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 122,4 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 10,04 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlilik darajasi - 9,86 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi - 10,22 foizni tashkil etdi.




 
USD = 10427.38
+12.52
EUR = 12473.23
+128.5
RUB = 137.48
+0.79
GBP = 13883.01
+49.99
JPY = 100.17
-0.12
CHF = 11533.44
+99.85
CNY = 1586.20
-1.24
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X