Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha pul-kredit statistikasi ma’lumotlarini yuritish amaliyotining takomillashtirilishi yuzasidan axborot

Yangilangan sana:  17 Yan 2020, 13:53
30 Dek 2019

2019 yilning 17 iyul – 2 avgust kunlari davomida Markaziy bankka tashrif buyurgan Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) pul-kredit va moliyaviy statistika bo‘yicha texnik ko‘mak missiyasi bilan hamkorlikda XVJning yangi tahrirdagi “Pul-kredit va moliyaviy statistikasini shakllantirish bo‘yicha qo‘llanmasi” talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha pul-kredit statistikasini yuritish amaliyoti takomillashtirildi.

Xususan, Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan pul-kredit statistikasi sharhlari va ma’lumotlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

1. “Markaziy bank sharhi” bo‘yicha:

- Markaziy bank sharhining, undagi moliyaviy aktivlar va instrumentlarning iqtisodiyot sub’ektlari (sektorlari) hamda rezidentlik mavqei bo‘yicha ajratilgan holdagi kengaytirilgan yangi shakli ishlab chiqildi;

- tijorat banklarining Markaziy bankdagi chet el valyutasidagi vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar pul bazasi tarkibiga kiritildi.

2. “Bank tizimi (depozit korporatsiyalari) sharhi” bo‘yicha:

- fuqarolarning aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lar, ulardan mablag‘ egalarining istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati chegaralanganligi sababli, pul massasi tarkibidan chiqarildi;

- O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlaridagi investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga berilgan kredit mablag‘lari tijorat banklarining Hukumat oldidagi majburiyatlari sifatida qayta tasniflandi;

- sharhdagi moliyaviy aktivlar va instrumentlarning iqtisodiyot sub’ektlari (sektorlari) hamda rezidentlik mavqei bo‘yicha ajratilgan holdagi kengaytirilgan yangi shakli ishlab chiqildi;

- amaldagi sharh nomi “Depozit tashkilotlari (bank tizimi) sharhi” deb qayta nomlandi.

3. Pul-kredit statistikasi sharhlarida tijorat banklari bo‘yicha alohida “Boshqa depozit tashkilotlari (tijorat banklari) sharhi”ni shakllantirish yo‘lga qo‘yildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2019 yilning dekabr oyidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha pul-kredit statistikasi kengaytirilgan yangi shaklda e’lon qilib boriladi.

Shuningdek, Markaziy bank veb-sayti, XVJning kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT) hamda boshqa statistik axborot tizimlarida joylashtirilgan pul-kredit statistikasi bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar ham yangilangan shaklda qayta joylashtirilishi ma’lum qilinadi.

Yuqoridagi Pul-kredit statistikasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

USD = 12640.21
-49.76
EUR = 13559.15
+1.19
RUB = 137.02
-0.18
GBP = 15817.96
+46.87
JPY = 81.22
-0.68
CHF = 13850.77
-28.67
CNY = 1744.13
-7.15
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X