Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan tanlov e’lon qilindi

Yangilangan sana:  26 May 2019, 15:55
1 Mar 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bankning tahliliy va tadqiqotlar bazasini rivojlantirish maqsadida bank tizimi faoliyatiga oid quyidagi dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan tanlov e’lon qilindi:

- Joriy tashqi savdo va tarif siyosatining iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini baholash hamda mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish jarayonida tarif siyosati yo‘nalishini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning dekompozitsiyasi va o‘sishning faktor tahlili;

- O‘zbekistonda “byudjet qoidasi”ni joriy qilishning ilmiy-amaliy asoslari va istiqbollari;

- Qo‘shilgan qiymat solig‘ining takomillashtirilgan tartibi joriy qilinishining inflyatsiya darajasiga ta’siri;

- Tijorat banklarida Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari – 9 joriy qilinishining bank tizimi ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash;

- Markaziy bankning makroprudensial va monetar siyosatlari instrumentlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlashning nazariy-amaliy asoslari;

- Moliyaviy xizmatlar ommaboplik darajasini o‘rganish va uni oshirish masalalari;

- Hududlarda aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid dasturlar doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning samaradorligi tahlili.

Tanlovda qatnashish yuzasidan talabnomalar iqtisodiyot-moliya yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan qabul qilinadi.

Tadqiqot ishlarini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Tanlov shartlariga oid to‘liq ma’lumotlar bilan quyidagi https://exarid.uzex.uz/rucompetitive/lot/9043732 veb-sahifa orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

(71) 212-60-09.

(71) 233-00-65.

USD = 12705.00
-6
EUR = 13543.53
+5.04
RUB = 136.11
-0.2
GBP = 15704.65
+12.92
JPY = 82.06
-0.07
CHF = 13932.45
-11.17
CNY = 1753.14
-1.63
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X