Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi rezident banklarining aksiyalarini sotib olishga dastlabki ruxsatnoma olish

Yangilangan sana:  5 Fev 2020, 12:05

O‘zbekiston Respublikasi rezident banklarining aksiyalarini sotib olishga dastlabki ruxsatnoma olish

Davlat xizmatini ko’rsatish natijasini taqdim etuvchi mas’ul organning nomi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Yuqori turuvchi tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Soha

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Davlat xizmatini ko’rsatish natijasi

Ruxsatnoma

Davlat xizmati ko’rsatiladigan murojaatchilar toifasi

  • Jismoniy shaxs
  • Yuridik shaxs
  • Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar

Davlat xizmatini ko'rsatish shakli

  • An`anaviy

Murojaat etish usullari

  • Tashrif (shaxsiy, ishonchli vakil)
  • An'anaviy pochta xizmati
  • Rasmiy veb-sayt

Davlat xizmatini ko'rsatish muddati

30 ish kuni

Amal qilish muddati

Xizmat haqqi

Bepul

Xizmatni an'anaviy ko'rsatish reglamenti

Reglamentni yuklab olish: Namuna

Xizmatni an'anaviy ko'rsatish reglamenti

Mavjud emas

Talab qilinadigan hujjatlar va ularni beruvchi davlat organlari

Davlat xizmatini ko’rsatish uchun talab qilinadigan xujjatlar Hujjatlarni yig'uvchi sub'yekt Hujjatni taqdim etuvchi organ Yuklab olish
1 oldindan ruxsatnomani olish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza Arizachi
2 agar norezident-oluvchining mamlakati qonunlari talab qilsa, norezident-oluvchi joylashgan mamlakat nazorat organining uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bank kapitalida ishtirok etishiga roziligini tasdiqlovchi hujjat Arizachi
3 оluvchi - jismoniy shaxs O‘zbekiston Respulikasi norezidentining to‘lovga layoqatliligini (ustav kapitalidagi o‘z ulushini to‘lashga layoqatligi) tasdiqlovchi birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdig‘i, shuningdek jismoniy shaxsning ushbu mablag‘larining qonuniyligi to‘g‘risidagi xorijiy davlat vakolatli organining ma’lumotnomasi ilova qilinadi Arizachi
4 O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yuridik shaxsning davlat ro‘yxatiga olinganligini tasdiqlovchi guvohnomaning nusxasi Arizachi
5 norezident-oluvchining vakolatli organining uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bank ustav kapitalidagi ishtiroki to‘g‘risidagi qarori nusxasi Arizachi
6 norezident-oluvchi yuridik shaxsning ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning (yoki undan ko‘chirma) notarial tasdiqlangan nusxasi Arizachi
7 oluvchi faoliyatining auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan o‘tgan uch yillik balanslari Arizachi
8 aksiyadorlar to‘g‘risida ustav fondidagi ishtirokchilar (ustav fondining kamida 1 foiziga egalik qiluvchilar) to‘g‘risida ularning joylashgan joyi va faoliyat yo‘nalishlarining qisqacha mazmuni ko‘rsatilgan ma’lumotlar Arizachi
9 arizachining muassislari to’g’risida ma’lumotlar: Arizachi
10 arizachining muassislari to’g’risida ma’lumotlar: yuridik shaxslar uchun - firma nomi, davlat ro‘yxatiga olingan, ro‘yxatga oluvchi organ, sana va joyi, oluvchining ustav fondidagi (kapitalidagi) ishtirok etayotgan ulushi; jismoniy shaxslar uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (to‘liq manzili), oxirgi ikki yil uchun ishbilarmonlik yoki professional faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, oluvchining ustav fondidagi (kapitalidagi) ishtirok etayotgan ulushi Arizachi

Davlat xizmatini ko’rsatish tartibi (bosqich va taqdim etish jarayonlari)

Bosqich Sub'yekt Tadbir Davlat organi roli Muddat
1 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki

arizachining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan sanadan e’tiboran o‘ttiz ish kun ichida ko‘rib chiqadi

Ushbu xizmatni ko'rsatuvchi tashkilot 5 ish kuni
2 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki

agar Markaziy bank arizachining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida arizachiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa yoki uni berishni rad etmasa, arizachi muddat o‘tganidan keyin, bajarilishi va (yoki) amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmoqchi bo‘lgan harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqiga, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ega bo‘ladi

Ushbu xizmatni ko'rsatuvchi tashkilot 19 ish kuni
3 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Markaziy bank arizachining xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi shart. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olinguniga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va arizachi tomonidan Markaziy bankka yo‘llangan xabarnoma ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga tenglashtiriladi hamda shunday harakatni bajarish va (yoki) shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi

Ushbu xizmatni ko'rsatuvchi tashkilot 5 ish kuni
4 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik sub’ektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishi (yuborishi) yoki bunday hujjatni berish rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda xabardor qilishi shart

Ushbu xizmatni ko'rsatuvchi tashkilot 1 ish daqiqa

Ko’rsatilgan xizmat natijasining namunalari

Nomi Yuklab olish
O‘zbekiston Respublikasi rezident banklarining aktsiyalarini sotib olishga Markaziy bankning dastlabki ruxsati Namuna

Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi

NHH turi Normativ-huquqiy hujjat nomi Ro'y. № Qabul qilingan sana
O‘zbekiston Respublikasining qonuni

«Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni

341 20/12/2012
O‘zbekiston Respublikasining qonuni

«Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida

225 15/08/2013
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

1-ilova

Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom

56 10/03/2014

Aloqalar

Hudud Tuman yoki shahar Manzil Elektron manzil Telefon Faks Veb sayt
Toshkent Shahri Mirobod tumani 100001, Toshkent sh., O'zbekiston shox ko'chasi,6 info@cbu.uz (+99871) 212-62-99 (+99871) 233-35-09 http://cbu.uz/



Ulashish:

 
USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X