03.02.2012 Kichik biznesga g'amxo'rlik va e'tibor
Samarqand viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga bu yil 317,0 mlrd. so'm hajmida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Samarqand shahridagi San'at kollejida o'tkazilgan “Tadbirkorlik - mustahkam oila poydevori” mavzuida o'tkazilgan biznes-forumda aytildi.
Respublika Markaziy banki tomonidan Camarqand viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu anjumanda 500 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari vakillari ishtirok etdi. batafsil>>
31.01.2012 Banklar - oilaviy tadbirkorlikka
Bugun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning ustivor yo'nalishlaridan biri shuhasiz, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o'rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan. Shu ma'noda sohaning uzviy bo'lagi bo'lgan oilaviy biznesni yanada taraqqiy ettirish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. batafsil>>
31.01.2012 “HI-TECH BANK”ning Bosh litsenziyasi chaqirib olindi
«O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida»gi Qonunning 40 va 53-moddasiga asosan valyutani tartibga solishga doir amaldagi qonunchilik talablarini buzganligi sababli O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki “HI-TECH BANK” xususiy yopiq aktsiyadorlik-tijorat bankidan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyani qaytarib oldi.
26.01.2012 Oilaviy biznesning istiqboli porloq
Navoiy shahridagi «Shirin» madaniyat saroyida Markaziy bank va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Tadbirkorlik - mustahkam oila poydevori” mavzuida biznes-forum bo'lib o'tdi. Forumda mamlakatimizning etakchi banklari rahbarlari va 400 dan oshiq tadbirkorlik sub'ektlari vakillari ishtirok etdi. batafsil>>
25.01.2012 «Aloqabank» yangi filial ochdi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Aloqabank” ochiq aktsiyadorlik tijorat bankining Mirobod filiali (100060, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi, 22-uy)ni ro'yxatga oldi.
Hozirgi paytda «Aloqabank» respublikaning barcha hududlarida o'z filialiga ega. Bundan tashqari 26 mini-banki va 23 maxsus kassasi faoliyat ko'rsatmoqda.
23.01.2012 Prezident mamlakatimiz banklari faoliyatini yuqori baholadi
Respublika Markaziy bankida bank tizimining 2011 yildagi faoliyati yakunlari hamda mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 19 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2012 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini so'zsiz amalga oshirilishini ta'minlashga doir vazifalarning ijrosiga bag'ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo'lib o'tdi. batafsil>>
17.01.2012 Kreditlash hajmi oshiriladi
Toshkent viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga bu yil 313,4 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilishi prognoz qilinmoqda. batafsil>>
Press-relizlar arxivi:
|