O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Markaziy bank haqida >

Yangilangan sana: 29.03.2012

Huquqiy maqom

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy  maqomi,  vazifalari,   vakolatlari, tashkil  etilishi  va  faoliyati  printsiplari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida O'zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.

Markaziy bank - o'z sarf-xarajatlarini o'zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.

Markaziy bank davlatga qarashli yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan va moliyaviy faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Markaziy bank davlat organi bo'lib, o'z vakolatlari doirasida yagona davlat pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi, qonuniy to'lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko'rinishdagi pul belgilarini muomalaga  chiqarishda  mutlaq  huquqqa  ega, davlat tomonidan valyutani tartibga soluvchi va nazoratini olib boruvchi organ hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti sifatida banklar va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini  tartibga soladi  hamda nazorat qiladi. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan  iborat  bo'lib,  ularning  qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi
va asosiy vazifalari

O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashdan iborat.

Asosiy vazifalari:

monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

O'zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta'minlash;

banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar  faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash; 

O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan  kelishuv bo'yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;

davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.

Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash maqsadida quyidagi o'zining asosiy vazifalarini amalga oshiradi.

Markaziy bank kelishilgan monetar va valyuta siyosatini amalga oshirish jarayonida muomaladagi umumiy pul massasi, milliy pul birligining chet valyutasiga nisbatan ayirboshlash kursini barqarorligi ustidan ma'lum darajada nazorat olib boradi, aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchini saqlashga yordam beradi.

Markaziy bank o'zining valyuta va kredit operatsiyalari orqali pul massasini oshirish yo'li bilan tovarlar va xizmatlar, yalpi ishlab chiqarish hajmi, eksport va import hajmi hamda aholining bandlik darajasiga ta'sir etadi. 

Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish bo'yicha davlat organidir.

Markaziy bank:

O'zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar uchun ijro etish majburiy bo'lgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;

banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operatsiyalar o'tkazish  uchun litsenziyalar  beradi va  litsenziyalarni qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;

banklar uchun ochiq valyuta  mavqei limitlarini va boshqa  iqtisodiy normativlarni belgilaydi;

milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini belgilaydi;

            O'zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf  etadi va boshqaradi.

Mamlakatda samarali to'lov tizimini ta'minlashda hisob-kitoblar tizimini tashkil etish va ta'minlash vazifasi Markaziy bankning muhim vazifalaridan biridir. To'lovlar O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar ko'rinishida amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob-kitob qoidalarini belgilovchi umummajburiy normativ hujjatlar qabul qiladi, mazkur qoidalarning bir xilda qo'llanilishi respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksiz va o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlaydi.

 Hisob-kitoblar tizimini samaradorligini ta'minlashda Markaziy bank doimiy ravishda zamonaviy texnika va texnologiyalar negizida hisob-kitoblarning yangi vositalarini amalga kiritish bo'yicha ishlarni amalga oshiradi, iste'molchilar - aktsionerlar, investorlar, omonatchilar, auditor-lar, kreditorlar, chet el korxonalari, tashkilotlar va banklarni moliyaviy va iqtisodiy axborotlar bilan ta'minlash uchun xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini ishlab chiqadi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri bank faoliyatini tartibga solish, banklar va boshqa kredit tashkilot-larini nazorat qilish hisoblanadi. Bu bank tizimining barqarorligini saqlash, aktsionerlar, omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilish uchun zarurdir.

Ushbu maqsadni amalga oshirishda eng asosiy vositalardan biri banklar va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashdir.  Litsenziyalashdan maqsad - bank va kredit xizmatlari bozorida benuqson obro'-e'tiborga ega bo'lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan, bank-moliya tizimiga bo'lgan aholining ishonchini oshirishga xizmat qiladigan moliyaviy barqaror tashkilotlar faoliyat yuritishini ta'minlashdan iborat.

            Markaziy bank O'zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini  amalga oshirish uchun, shuningdek xalqaro operatsiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni  ta'minlash   uchun  etarli   bo'lgan  darajada    xalqaro re-zervlarni saqlab turilishiga yordam beradi.  

“O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunning 4-moddasida Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari belgilangan.

Bunda Markaziy bank:

moliyaviy yordam ko'rsatish bilan shug'ullanishga;

tijorat faoliyati bilan shug'ullanishga;

O'zbekiston Respublikasi Xalq bankining, «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik tijorat bankining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishi-ni ta'minlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok  etishini istisno  etganda,  banklar  va  boshqa  yuridik  shaxslarning kapital-larida qatnashishga haqli emas.

Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga hisob-dordir va bu uning ish faoliyatining alohida xususiyatidir. Xalqaro amaliyotda ham markaziy banklar milliy pul birligining ichki va tashqi barqarorligi uchun javobgar, o'zining parlamenti oldida hisob beradi, lekin o'z faoliyatida parlamentga bo'ysunmaydi.

Oliy Majlis Senati Markaziy bankning yillik hisobotini, shuningdek mustaqil auditorning xulosasini ko'rib chiqadi.

Shu bilan birga, Markaziy bank har yili pul-kredit sohasida va monetar siyosatning asosiy yo'nalishlaridagi joriy vaziyat to'g'risida hisobot chop etadi.

 “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun-ning 6-moddasiga asosan Markaziy  bank  o'z  vakolatlari  doirasida  qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir.

Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan,  Markaziy  bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi, basharti, ular o'z zimmalariga bunday  majburiyatlarni olmagan bo'lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo'lsa.

Yuqorida ta'kidlangan Qonunning 7-moddasi Markaziy bank o'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo'lgan normativ  hujjatlar chiqarishini belgilaydi.

Markaziy bankning vakolatlari

Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir.

Markaziy bank Boshqaruvi quyidagi vakolatlarga ega:

           monetar siyosatning yo'nalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning ochiq  bozordagi operatsiyalari ko'lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz  stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;

           Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;

           Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;

           banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;

           O'zbekiston Respublikasi hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;

         banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari mikro-kredit tashkilotlari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar o'tkazish qoidalarini tasdiqlaydi,  shuningdek ularga rioya etilishini ko'rib chiqadi;

        bank faoliyati bilan shug'ulanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish   to'g'risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari, mikro-kredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyati, shuningdek qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi; 

        Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;

        Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi;

        Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;

        Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko'rib chiqadi;

        Markaziy bankning tarkibiy bo'linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;

        Markaziy bank tarkibiy bo'linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rah-barlarining hisobotlari hamda ma'ruzalarini tinglaydi;

        Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo'shatish, ularning mehnatiga haq  to'lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aktsiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;

        Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko'rib chiqadi va hal qiladi.

        Shuningdek, “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va  garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan  ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni   legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda  nazorat  qiladi. 

Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini ro'yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, garovxonalar faoliyatini va qimmatli qog'ozlar   blankalari ishlab chikarishni litsenziyalaydi.

Markaziy bank Banklarni davlat ro'yxatiga olish daftari, kredit uyushmalari,  mikrokredit  tashkilotlari, garovxonalarga hamda qimmatli qog'ozlar blankalari ishlab  chiqarishga berilgan litsenziyalar reestrini yuritadi.

      Markaziy bank:

      bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish,  yillik hisobotlar tuzish  yuzasidan banklar uchun majburiy bo'lgan qoidalarni;

       moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo'lgan qoidalarni;

        faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovxonalar uchun majburiy bo'lgan qoidalarni belgilaydi.

        Markaziy bank:

        banklar, kredit uyushmalari mikrokredit tashkilotlari va garovxona-larning  hisoboti  va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan  operatsiyalari to'g'risida axborot so'rash hamda olish;

        olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;

        banklar va kredit uyushmalarining, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining  ularning  filiallari  va  ular  bilan  uzviy bog'langan shaxslarning, shuningdek garovxonalarning faoliyatini tekshirish, qoida-buzarlarga nisbatan sanktsiyalar qo'llash;

        banklarning ichki auditiga doir talablarni belgilash;

        bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan  zararlar o'rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;

        ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari  va taomilini aniqlash;

        banklar, kredit uyushmalari mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to'g'risida ijro etilishi  majburiy bo'lgan ko'rsatmalar yuborish; 

        bank aktsiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan  ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obro'-e'tibori haqida axborot so'rash va olish;

        banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a'zolari hamda bosh buxgalterlariga, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo'yish huquqiga ega. 

        Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlari-ga, shu  jumladan tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek ulardan  bank auditi bilan bog'liq har qanday ma'lumotlarni bevosita olishga haqli.

        Markaziy bank maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar uchun majburiy bo'lgan ichki  nazorat qoidalarini  tasdiqlaydi.   

   Markaziy bank banklar uchun majburiy bo'lgan iqtisodiy normativ-larni,shu jumladan:

        kapitalning monandlik koeffitsientini;

        bir qarz oluvchi yoki bir-biriga dahldor qarz  oluvchilar  guruhiga tavakkalchilikning eng ko'p miqdorini;

        yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko'p miqdorini;

        likvidlilik koeffitsientlarini;

        aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday  tasniflar  asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali  va  harakatsiz  qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zahiralarni shakllantirishni;

        qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag'iga kiritishga doir talablarni;

        ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi.