O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
 

 
 
Markaziy bank haqida
Pul-kredit siyosati
Bank tizimiga oid qonun hujjatlari
To'lov tizimi
Kredit axboroti almashinuvi tizimi
Kredit tashkilotlari
Qimmatli qog'ozlar bozori
Savol-javoblar
Valyutalar kurslari
Markaziy bank tasarrufidagi korxona va tashkilotlar
Markaziy bank va BMTTD qo'shma loyihasi
Interaktiv xizmatlar
E'lonlar va tenderlar
Ishonch telefonlari
Fuqarolarning murojaatlarini kurib chiqish
 
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
 
Davlat axborot resurslari

 
 
 

Bosh sahifa > OTBning 43-yillik yig'ilishi oldidan >

Yangilangan sana: 12.02.2010

Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashining Toshkentda bo'lib o'tadigan 43-yillik yig'ilishi arafasida bank prezidenti Xaruxiko Kuroda tayyorgarlik borishini ko'zdan kechirish uchun 15 fevral kuni Toshkentga etib keladi, deb xabar beradi bank matbuot xizmati.

Shu yilning 1-4 may kunlari bo'lib o'tadigan OTB direktorlar kengashining 43-yillik yig'ilishida kamida 3 ming kishi, hukumatlar rahbarlari, markaziy banklar raislari, moliya vazirlari, shuningdek, ilmiy hamjamiyat, matbuot va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishi mo'ljallanmoqda.

Mazkur anjuman OTBning Markaziy Osiyo davlatlarida o'tkazayotgan ilk yillik yig'ilishidir. O'zbekiston OTBga 1995 yilda a'zo bo'lib kirgan, mana shu davrdan buyon bankdan umumiy qiymati 1,29 mlrd dollar bo'lgan 30 marta kredit, 40,75 mln. dollar miqdorida texnik ko'mak olgan.

Xaruxiko Kuroda tashrif chog'ida Yillik yig'ilish o'tadigan asosiy joy - "O'zekspotsentr”ning markaziy ko'rgazmalar zalini borib ko'radi, O'zbekiston hukumati yuqori rahbarlari bilan uchrashadi. Shuningdek, OTB tomonidan moliyalashtirilgan Samarqand va Buxorodagi loyihalarning borishini ko'zdan kechiradi.

Yillik yig'ilishda OTB xodimlari, hukumatlar vakillari va xususiy sektor ekspertlari, atrof-muhitning o'zgarishiga qarshi kurash ko'zda tutilgan, 2012 yildan keyingi yangi moliyaviy tizimda OTBning tutgan o'rnini muhokama qiladilar. Shu bilan birga global monetar tizimni isloh qilish va ijtimoiy himoya vositasida keng qamrovli o'sish sur'atlarini ko'rib chiqadilar. Boshqaruvchilar o'tkazadigan seminarning aosiy mavzusi “Osiyo integratsiyasi va global o'sish” deb nomlanadi.

Manilada joylashgan OTB o'zining asosiy faoliyatini keng qamrovli iqtisodiy o'sish orqali Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qashshoqlik darajasini qisqartirish, ekologik barqaror o'sish va mintaqaviy integratsiya sohalarida olib bormoqda.

OTB 1966 yilda tashkil topgan. Bankka hozirgi paytda 67 ta mamlakat a'zo bo'lib, ularning 47 tasi bevosita mintaqada joylashgan.

  
Bugungi tashriflar: 3451
Jami tashriflar: 252313
Yangilangan sana: 03.02.2012
 
Àäðåñ: 100001, Toshkent, O'zbekiston shoh ko'chasi, 6; Òåë.: (998 71) 252-57-39 (òåë./ôàêñ); E-mail: webmaster@cbu.uz
© O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2005-2012
Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.cbu.uz web-saytiga havola qilish majburiy.