O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
 

 
 
Markaziy bank haqida
Pul-kredit siyosati
Bank tizimiga oid qonun hujjatlari
To'lov tizimi
Kredit axboroti almashinuvi tizimi
Kredit tashkilotlari
Qimmatli qog'ozlar bozori
Savol-javoblar
Valyutalar kurslari
Markaziy bank tasarrufidagi korxona va tashkilotlar
Markaziy bank va BMTTD qo'shma loyihasi
Interaktiv xizmatlar
E'lonlar va tenderlar
Ishonch telefonlari
Fuqarolarning murojaatlarini kurib chiqish
 
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
 
Davlat axborot resurslari

 
 
 

Bosh sahifa > OTBning 43-yillik yig'ilishi oldidan >

Yangilangan sana: 23.02.2010

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Xaruxiko Kuroda o'rtasida 2010 yil 16 fevral kuni Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda OTB boshqaruvchilari Kengashining 43-yillik yig'ilishi oldidan tayyorgarlik ishlari, O'zbekiston va bank o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi.

            Xaruxiko Kuroda O'zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni qo'llab-quvvatlayotganiga yuqori baho berdi.

            Qulay strategik joyda o'rnashganligi savdo va transport aloqalarini yaxshilashda Markaziy Osiyoga katta afzalliklar beradi, dedi Xaruxiko Kuroda Toshkentda bo'lib o'tgan diplomatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvda.

            "Men O'zbekistonning tobora rivojlanib borayotgan mintaqaviy hamkorlikni g'oyat qo'llab-quvvatlayotganidan mamnunman. Bu yo'nalishdagi sa'y-harakatlar tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlari Osiyoning nihoyatda integrallashuvi va globallashuviga, samarali birlashuv va umumiy maqsadlarga erishish yo'lida intilishlariga yordam bermoqda”, dedi OTB rahbari.

            Kuroda mintaqaviy aloqalar rivojlanishiga misol sifatida Toshkentning qo'shni Afg'oniston poytaxtini elektr bilan ta'minlashdagi ahamiyatini qayd etdi.

            “Kobulni uzluksiz elektr bilan ta'minlashdek mazkur muhim loyiha amalga oshmaydigandek tuyulardi, - dedi Xaruxiko Kuroda. - O'zbekistonning mintaqadagi muhim ahamiyatini isbotlovchi bu loyiha 4 million kishiga foyda keltirdi va Afg'onistonning elektr etib bormagan boshqa hududlarini ham elektr bilan ta'minlash imkonini yaratdi”.

            OTB, bundan tashqari, O'zbekiston bilan Afg'onistonning ikkinchi yirik shahari - Mozori Sharifni bog'laydigan 75 kilometrlik temiryo'l qurilishini ham moliyalashtirmoqda. Yangi tarmoq ikki mamlakat o'rtasidagi asosiy savdo koridori bo'lib xizmat qiladi.

            Xaruxiko Kuroda Toshkent safari chog'ida bankning yillik yig'ilishi o'tadigan joylarni, jumladan “O'zbekiston” forumlar saroyi, “O'zekspomarkaz”ning Markaziy ko'rgazmalar zali, Xalqaro savdo markazini borib ko'rdi va Bosh vazirning birinchi o'rinbosari Rustam Azimov bilan uchrashdi.

  
Bugungi tashriflar: 3464
Jami tashriflar: 252327
Yangilangan sana: 03.02.2012
 
Àäðåñ: 100001, Toshkent, O'zbekiston shoh ko'chasi, 6; Òåë.: (998 71) 252-57-39 (òåë./ôàêñ); E-mail: webmaster@cbu.uz
© O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2005-2012
Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.cbu.uz web-saytiga havola qilish majburiy.