O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Vazirlar Mahkamasi qarorlari >

Yangilangan sana: 28.03.2012

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

"O'zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo'yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg'armasini tashkil etish to'g'risida” 2011 yil 16 iyun, 175-son

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yil respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida» 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-son va «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi to'g'risida 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1474-son qarorlarini bajarish yuzasidai shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini investitsiya loyihalaridagi ishtirokini rag'batlantirish yo'li bilan ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1.  O'zbekiston Banklar uyushmasi, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va banklarning O'zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo'yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg'armasini (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi) tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin. Quyidagilar Jamg'armaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarida loyiha g'oyalarini tanlov bo'yicha tanlash va ularning loyiha hujjatlari ishlab chiqishni moliyalashtirish;

respublika kredit tashkilotlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirilishini tashkil etishga ko'maklashish.

2.  Belgilansinki:

Jamg'arma O'zbekiston Banklar uyushmasi huzurida jamoat jamg'armasi shaklida tashkil etiladi;

O'zbekiston Banklar uyushmasi, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, banklar hamda nobank kredit va moliya tashkilotlari Jamg'armaning muassislari hisoblanadi;

Jamg'arma kengashi Jamg'armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi;

Jamg'arma boshqaruvi Jamg'armaning ijro etuvchi organi hisoblanadi;

3.  O'zbekiston Banklar uyushmasi, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, banklar hamda nobank kredit va moliya tashkilotlarining:

Jamg'armaning 1-ilovaga muvofiq muassislari tarkibini va boshlang'ich miqdorini shakllantirish to'g'risidagi;

muassislarning mablag'lari Jamg'arma kengashi tomonidan belgilanadigan miqdorda har yili Jamg'armaga yo'naltirilishi to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin.

4.  Quyidagilar:

O'zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo'yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg'armasining kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo'yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg'armasining shtat birliklari cheklangan umumiy soni 4 nafar bo'lgan ijro etuvchi organi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5.  Belgilab qo'yilsinki:

Jamg'arma boshqaruvi raisi Jamg'arma kengashining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;

Jamg'armaning ijro etuvchi organi ta'minoti Jamg'arma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida, Jamg'arma mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.

6.  Quyidagicha tartib o'rnatilsin, unga muvofiq:

Jamg'arma mablag'laridan faqat iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarida loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish (keyinchalik ko'rsatib o'tilgan xarajatlar loyihani moliyalashtirish boshlangandan keyin bank krediti summasiga kiritilgan va Jamg'arma mablag'lari kreditor bank tomonidan qaytarilgan holda), shuningdek Jamg'armaning joriy xarajatlarini qoplash uchun foydalaniladi;

bitta loyiha bo'yicha Jamg'arma xarajatlarining eng ko'p summasi eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan ortiq bo'lishi mumkin emas;

loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun loyiha g'oyalarini tanlov bo'yicha tanlash, keyinchalik Jamg'arma kengashi tomonidan ma'qullangan holda, Jamg'armaning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.

7.  O'zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo'yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg'armasi mablag'lari hisobiga loyiha g'oyalarini tanlov bo'yicha tanlashni o'tkazish va ularning loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8.  O'zbekiston Banklar uyushmasi bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Jamg'armaning davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta'minlasin.

9.  O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Jamg'armaning buyurtmanomalariga binoan axborot materiallarini imtiyozli tariflar bo'yicha joylashtirsinlar.

10. Jamg'arma Banklararo moliyaviy xizmatlar markazining Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Xo'jaev ko'chasi, 1-uydagi binosiga ijara asosida joylashtirilsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.

 

O'zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri                                                                                                                          Sh.Mirziyoev