| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Vazirlar Mahkamasi qarorlari > Yangilangan sana: 22.04.2008
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI "Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) solig'i bo'yicha imtiyozlarni qo'llash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007 yil 15 avgust, 174-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2007 yil 12 iyuldagi PQ-670-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) solig'i bo'yicha imtiyozlarni qo'llash tartibi to'g'risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) solig'i bo'yicha imtiyozlarni qo'llash tartibi to'g'risida nizom 1. Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2007 yil 12 iyuldagi PQ-670-son qarorining 3-bandida belgilangan va tijorat banklariga 2012 yil 1 yanvargacha bo'lgan davrda daromad (foyda) solig'i bo'yicha soliqqa tortiladigan bazani tasdiqlangan maqsadli dasturlarga muvofiq iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uch yildan ortiq muddatga berilgan kreditlardan olingan daromadlar summasiga teng miqdorda kamaytirish huquqini berishni nazarda tutadigan soliq imtiyozini qo'llash tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom ular bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2005 yil 15 apreldagi PQ-56-son qarori bilan alohida soliq imtiyozi berilgan tijorat banklarining respublikamiz korxonalariga uch yildan ortiq muddatga investitsiya kreditlari berishdan olingan va banklarning o'z kapitalini ko'paytirishga yo'naltirilgan daromadi (foydasi)ga tatbiq etilmaydi. 2. Mazkur Nizom maqsadi uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: o'z mablag'lari hisobiga berilgan kreditlar bo'yicha — ushbu kreditlardan olingan foizli daromad. 7. Tijorat banklari qarz oluvchi tomonidan kreditdan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladilar. |