O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Vazirlar Mahkamasi qarorlari >

Yangilangan sana: 29.11.2008

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

«ABN AMRO bank O'zbekiston MB, H.J.» aktsionerlik bankini «Royal bank of SCotland O'zbekiston MB» YoAJ deb qayta nomlash to'g'risida 2008 yil 13 noyabr, 246-son

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2008 y., 46-son, 457-modda)

«Banklar va bank faoliyati to'g'risida» va «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda Gollandiyaning «ABN AMRO» banki RBS, «Fortis» va «Santander» banklar konsortsiumi tomonidan sotib olinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. «ABN AMRO Bank O'zbekiston MB, H.J.» YoAJ aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishi tomonidan bankni «Royal Bank of Scotland O"zbekiston MB» YoAJ (qisqartirilgan nomi — RBS O’zbekiston MB») deb qayta nomlash to'g'risida qaror qabul qilinganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga «Royal Bank of Scotland O’zbekiston MB» yopiq aktsiyadorlik jamiyatini qayta ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq masalalarni hal etishda unga yordam ko'rsatish tavsiya qilinsin.

3. Vazirlar Mahkamasining «ABN AMRO Bank O'zbekiston MB, H.J.» aktsionerlik bankini tashkil etish to'g'risida» 1996 yil 16 noyabrdagi 400-son qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. KARIMOV

Toshkent sh.