| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Vazirlar Mahkamasi qarorlari > Yangilangan sana: 07.06.2011
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI «Qishloq joylarda uy-joy kurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2011yil 25 may, 151-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2010 yil 20 dekabrdagi PQ-1444-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi: 1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ipoteka krediti berishini qo'llab-quvvatlash jamg'armasini (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi) uning aktivlarini: Jamg'armaning jalb etilgan uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari bo'yicha Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlariga teng summadagi qarz majburiyatlarini «Qishloqqurilishbank» aktsiyadorlik-tijorat bankining O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarzi sifatida rasmiylashtirgan; qolgan qismini - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Qishloqqurilishbank» aktsiyadorlik-tijorat banki ustav fondidagi ulushini ko'paytirgan holda belgilangan tartibda «Qishloqqurilishbank» aktsiyadorlik-tijorat bankiga berish yo'li bilan tugatish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Jamg'armani tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tugatish komissiyasi kreditorlar talablari qondirilgandan keyin Jamg'armaning mol-mulkini «Qishloqqurilishbank» aktsiyadorlik-tijorat banki balansiga bergan holda Jamg'armani belgilangan tartibda tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin. 3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «Qishloqqurilish-bank» aktsiyadorlik-tijorat banki va «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik-tijorat ipoteka banki uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari berish to'g'risida ilgari tuzilgan shartnomalarni ilgari tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq qayta rasmiylashtirsinlar. 4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirishlar kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S.Azimov va O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari B.A.Xo'jaev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi |