O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Me'yoriy hujjatlarga sharhlar >

«Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo'riqnoma»ga kiritilgan qo'shimchalar yuzasidan sharh

Yangilangan sana: 14.10.2011

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 10 sentyabrdagi 26/2-sonli «Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo'riqnomaga qo'shimchalar kiritish haqida»gi qarori 2011 yil 6 oktyabrda Adliya vazirligida 1831-3-son bilan ro'yxatga olindi. Mazkur qo'shimchalar 2011 yil 16 oktyabridan kuchga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 6 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi PQ-1516-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2011 yil 13 iyundagi qaroriga asosan “500 so'm” qiymatidagi yubiley tanga pulning namunasi va dizayni ma'qullangan.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2011 yilning 1 sentyabridan “500 so'm” qiymatidagi yubiley tanga pullar muomalaga chiqarildi.

Shunga muvofiq muomalaga chiqarilgan “500 so'm” qiymatidagi yubiley tanga puli to'g'risidagi ma'lumotlar Mazkur yo'riqnomaning 61,63-bandlarida tegishlicha aks ettirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-sonli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonining 6-bandida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirish tartibini soddalashtirish vazifasi belgilangan.

 Mazkur talablaridan kelib chiqqan holda yo'riqnomaning 364-bandi ikkinchi xatboshi bilan to'ldirilib, unga ko'ra “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari asosiy hisob raqami ochilgan bank (bank filiali) kassasiga eng kam ish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo'lgan naqd pul tushumini mustaqil topshirishlari mumkin”ligi belgilab olindi.

Yo'riqnomaning 375-bandida pul, tanga va boshqa qimmatliklarni tashish O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Inkassatsiya birlashmasining joylardagi bo'limlari orqali tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomalar, banklarning yozma buyurtmalari va Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida amalga oshirilishi qayd qilingan.

Ushbu  talablarga aniqlik kiritish maqsadida 375-band uchinchi xatboshi bilan to'ldirildi. Unga ko'ra banklar (bank filiallari) tomonidan milliy va chet el valyutalaridagi naqd pullar hamda boshqa qimmatliklarni bevosita o'zlari (samonos) tashishga yo'l qo'yilmaydi.

Yo'riqnomaga kiritilgan ushbu qo'shimchlar eng avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, pul muomalasini mustahkamlash, tijorat banklarining kassa va inkassatsiya masalallarini tashkil etilishini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

N.Yu.XAYITALIEV,
O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Emissiya-kassa operatsiyalari
departamenti direktori