| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > "BankExpo - 2011” - rivojlanishning yangi yo'nalishlari Yangilangan sana: 29.04.2011
27-28 aprel kunlari Toshkentdagi Markaziy ko'rgazmalar zalida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo'mitasi hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi, O'zbekiston Banklari assotsiatsiyasi, Axborot texnologiyalari assotsiatsiyasi hamda Markaziy Osiyoda mikromoliyalashni qo'llab-quvvatlash mintaqaviy dasturi ko'magida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari bo'yicha “BankExpo - 2011” milliy ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda mamlakatimiz tijorat banklari, etakchi moliya-kredit institutlari, mikromoliyaviy va dasturiy ta'minot tashkilotlari hamda IT-texnologiya bilan shug'ullanadigan xorijiy firmalar vakillari ishtirok etdilar. Mazkur ko'rgazma o'tkazilishining dolzarbligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarorida belgilangan respublika bank-moliya tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari bilan izohlanadi. Ko'rgazma davomida: - iqtisodiyotimiz bank tizimi sohasining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari to'g'risida potentsial mijozlar keng xabardor qilindi; - tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish shartlari va ko'rsatilayotgan bank xizmatlari keng targ'ib etildi; - zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish holati, mamlakatimiz banklarining moliya va boshqa resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi bilan tanishtirildi. Shu bilan birga, joriy yilda o'tkazilgan ko'rgazmaning asosiy yo'nalishi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar, ya'ni: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish va uning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang'ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun o'rta va uzoq muddatli kreditlar bilan ta'minlash; kichik biznes sub'ektlarining moliya-kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni ta'minlovchi bozor instrumentlari va mexanizmlarini joriy qilishga qaratildi. Ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar e'tiboriga O'zbekiston bank-moliya sohasining yangi zamonaviy texnologiyalari va xizmatlari, xususan e-banking, mobil tizimlar, pul o'tkazish videokuzatuv tizimlari, xavfsizlikni ta'minlash uskunalari, bank va moliya muassasalari uchun axborot texnologiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularning dizayni, plastik kartalar bilan ishlash uchun dasturiy-apparat vositalari va boshqalar havola etildi. Ko'rgazma respublika bank-moliya institutlari, hukumat va nazorat qiluvchi organlar bilan bank-moliya xizmatlari iste'molchilari, jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida bevosita muloqot qilish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi. Bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari bo'yicha “BankExpo-2011” yillik milliy ko'rgazmasi doirasida moliya-iqtisod, bank-kredit tizimi mutaxassislari uchun ishga joylashish va sohaga yo'naltirish borasida yirik va samarali tadbir - “Mutaxassis karerasi kuni” bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi o'tkazildi. Ko'rgazma davomida 3000 dan oshiq ish qidiruvchilarga tijorat banklarida 1000 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari taklif etildi. Ko'rgazma doirasida 2 ta davra suhbati, ya'ni banklarning kadr xizmatlari va izlanuvchilar uchun master-klasslar o'tkazildi. Banklar faoliyati bilan tanishtirish maqsadida kasb-hunar kollejlari o'quvchilari va oliy o'quv yurtlari talabalari uchun maxsus ekskursiyalar tashkil etildi. Shuningdek, bir qator banklar, jumladan “Mikrokreditbank” va “Aloqabank” tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga, shuningdek kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. Ko'rgazmada eng faol ishtirok etgan tijorat banklariga bir qator nominatsiyalar bo'yicha mukofotlar berildi. Xususan: “Eng yaxshi innovatsion stend” va “Eng yaxshi reklama kompaniyasi” nominatsiyalariga - “Xalq banki”; “Eng ko'p tashrif buyurilgan stend” va “Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini qo'llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank” nominatsiyalariga – “Mikrokreditbank”; “Eng yaxshi axborot bilan ta'minlangan stend” nominatsiyasiga – Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki; “Eng yaxshi dizaynli stend” nominatsiyasiga – “Aloqabank”; “Eng yaxshi texnik jihozlangan stend” nominatsiyasiga - “O'zsanoatqurilishbank”; “Eng yaxshi hududiy bank” nominatsiyasiga – “Hamkorbank”; “Eng yaxshi stend personali” nominatsiyasiga – “Ipotekabank”; “Eng yaxshi kredit mahsuloti” nominatsiyasiga – “Asakabank”; “Eng yaxshi innovatsion mahsulot” nominatsiyasiga – “Trastbank” loyiq deb topildi. Ko'rgazmaga 10 ming nafardan ziyod mehmon tashrif buyurdi. |