| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > Qashqadaryolik tadbirkorlarni kreditlash hajmi oshmoqda Yangilangan sana: 24.05.2011
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Markaziy bank va tijorat banklari, Adliya, Moliya, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, Bosh prokuratura, Soliq, Davlat mulki, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish, Er resurslari va davlat kadastri qo'mitalari, Savdo-sanoat palatasi rahbar xodimlari, oilaviy biznes, hunarmandchilik va kasanachilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi mahalliy tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Anjumanda gap asosan "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”da hududlarda qulay biznes muhitini yaratish, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va kompleks chora-tadbirlar mazmun-mohiyati haqida bordi. Prezidentimiz "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lini izchil davom ettirish - taraqqiyotimizning muhim omilidir” nomli ma'ruzalarida ta'kidlab o'tganlaridek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirmasdan, unga tegishli ko'mak va rag'bat bermasdan, zarur imkoniyat, imtiyoz va preferentsiyalar yaratmasdan turib, iqtisodiyotimiz kelajagini ta'minlay olmaymiz. Uchrashuv bu borada olib borilayotgan tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida ishga layoqatli, iqtisodiy faol kishilar, xotin-qizlar, yoshlar, jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ularning o'z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari orqali o'zi va oila a'zolari uchun yangi ish o'rinlari yaratishida moliyaviy yordam ko'rsatishga qaratilgani bois mahalliy aholi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ta'kidlash joizki, 2010 yilda Qashqadaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulotning 54,5 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida faoliyat ko'rsatayotgan sub'ektlar ulushiga to'g'ri keldi. Joriy yilda esa ushbu ko'rsatkich ulushini 57 foizga etkazish ko'zda tutilmoqda. 2011 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun jami 189,2 mlrd. so'm, jumladan, 48,7 mlrd. so'm miqdorida mikrokreditlar ajratish prognoz ko'rsatkichi belgilab olingan. Jumladan, joriy yilning I choragi davomida mazkur sohaga ajratilgan kreditlar miqdori o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobar oshib, 45,2 mlrd. so'mni, shundan mikrokreditlar hajmi 12,4 mln. so'mni tashkil etgan holda 4,8 mingdan ortiq qo'shimcha yangi ish o'rinlari yaratilishiga erishildi. Banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning 20,1 foizi sanoat, 16,7 foizi qishloq xo'jaligi, 26,2 foizi qurilish va maishiy xizmat ko'rsatish, 37 foizi boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltirildi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida berilgan kreditlar hajmi 3,4 mlrd. so'mni tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 141 foiz oshishiga erishildi. Viloyatda chorvachilikni rivojlantirish salohiyati katta. Shu bois banklar tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirishga diqqat qaratilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun joriy yilning I choragi mobaynida 1,2 mlrd. so'm miqdorida maqsadli mikrokreditlar ajratildi. Shuningdek, parrandachilikni rivojlantirishga 1930,1 mln. so'm, issiqxonalar tashkil etishga 693,7 mln. so'm, baliqchilik, asalarichilik va boshqa bog'liq sohalarga 193,7 mln. so'm, sut va go'sht mahsulotlarini qayta ishlash uchun 104,0 mln. so'm miqdorida kredit mablag'lari yo'naltirildi. Shuningdek, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to'ldirish maqsadida 7,8 mlrd. so'm miqdorida, sanoat tovarlari ishlab chiqarishga 6,3 mlrd. so'm hajmida kreditlar berildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolatlari, ularga taqdim etilgan imtiyoz va preferentsiyalar, banklar tomonidan ko'rsatilayotgan an'anaviy va innovatsion texnologiyalarga asoslangan xizmatlar, shuningdek umumiy hamda imtiyozli ravishda kreditlash tartiblariga doir tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. |