O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" >

Kreditdan foydalanish osonlashgan

Yangilangan sana: 13.06.2011

Joriy yilda tijorat banklarining Jizzax viloyatidagi filiallari va bo'limlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihalarini moliyalashtirishga 103,0 mlrd. so'mdan ortiq miqdorda kreditlar ajratilishi va lizing xizmatlari ko'rsatilishi ko'zda tutilgan. Shundan qariyb 2,1 mlrd. so'm oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga yo'naltiriladi. O'quv muassasalarini bitirib, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish istagida bo'lgan viloyat yoshlariga imtiyozli foiz stavkalarda 1,1 mlrd. so'mdan ortiq mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatilishi belgilangan.

Ushbu raqamlar  Markaziy bank tomonidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Savdo-sanoat palatasi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o'rganish markazi, “Mahalla” jamg'armasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi bilan hamkorlikda viloyatning Jizzax tumanidagi “Kulama” va Forish tumanidagi “Yangiqishloq” mahalla fuqarolar yig'inida o'tkazilgan amaliy uchrashuvlarda ta'kidlandi.

Bank xodimlari ishtirokchilarga mamlakatimizda Prezident rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar, bank kreditlaridan foydalangan holda o'zlarining ishbilarmonlik qobiliyatini ro'yobga chiqarish bo'yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so'zlab berdilar. Tadbirkorlik bilan shug'ullanish, banklardan dastlabki sarmoya olish uchun hujjatlarni lozim darajada to'ldirishda mutaxassislar yordam berishini ta'kidladilar. Banklar bo'linmalarida tashkil etilgan tadbirkorlar xonasi va burchagida zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, bepul maslahat ko'rsatish yo'lga qo'yilgani yana bir bor qayd etib o'tildi. Imtiyozli kreditlar, foiz stavkalari, kafolatlar to'g'risida, shuningdek o'z korxonasi faoliyatini kengaytirmoqchi bo'lganlarga zarur ma'lumotlar berildi.

Mahalla va qishloq fuqarolari yig'inlariga biriktirilgan bank mutaxassislari oilaviy biznesni tashkil etish istagida bo'lgan jizzaxliklarga mikrokreditlar ajratish mexanizmlarini batafsil tushuntirib, ularga o'z bizneslarini yo'lga qo'yish, biznes rejalar tuzish bo'yicha maslahatlar berib bormoqda. Bu choralar aytish o'rinliki, o'z samarasini bermoqda.

Masalan, shu yilning o'tgan to'rt oyi davomida viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan moliyaviy resurslar hajmi 33,1 mlrd. so'mdan ortiqni tashkil etib, prognoz ko'rsatkichdan qariyb 10 foiz yuqori bo'lishi ta'minlandi.

Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 760,0 mln. so'mga yaqin miqdorda kreditlar ajratildi.

 Joriy yilning 1 may holatiga kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari 381 mln. so'mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlardan foydalanmoqda.

Natijada minglab jizzaxliklar yangi ish o'rinlari bilan ta'minlandilar.