| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > Andijonliklar bilan muloqot Yangilangan sana: 06.05.2011
Markaziy bank va tijorat banklari O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi bilan birgalikda Prezident I.Karimov tomonidan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”da ilgari surilgan asosiy yo'nalishlar hamda "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarning hayotga samarali tadbiq etilishi bo'yicha muhim loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, jamiyatdagi o'zgarish va yangilanish jarayonlarida aholi keng qatlamining faol ishtirokini ta'minlash, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan. “Mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish imkoniyatlari” mavzuida o'tkazilgan navbatdagi iqtisodiy forum Andijon shahrida bo'lib o'tdi. Unda Qonunchilik palatasidagi O'zXDP fraktsiyasi va Markaziy Kengashi a'zolari, Markaziy bank, tijorat banklarining viloyatdagi filiallari rahbarlari, xalq deputatlari Andijon viloyat va tuman Kengashlaridagi O'zXDP deputatlik guruhlari a'zolari, oilaviy biznes, hunarmandchilik va kasanachilik bilan mashg'ul mahalliy tadbirkorlar, OAV xodimlari ishtirok etdilar. Forum maqsadi ishga layoqatli, iqtisodiy faol kishilar, xotin-qizlar, yoshlar, jumladan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o'z ishini boshlash orqali o'zi va oila a'zolari uchun ish o'rinlarini ochishda moliyaviy yordam ko'rsatishga qaratilgani uchun ham mahalliy aholi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ta'kidlash o'rinliki, viloyatda shu yilning birinchi choragida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan mikrokreditlar hajmi 14,9 mlrd. so'mni tashkil etdi. Shuningdek, tadbirkor ayollarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida 9,5 mlrd. so'mlik, kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 386 mln.so'm miqdorida imtiyozli kredit mablag'lari ajratildi. Tijorat banklari xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishga jami 4 mlrd. 624 mln.so'm miqdorida kredit mablag'lari yo'naltirildi. Kichik biznesni qo'llab-quvvatlashga ajratilgan kreditlar hisobiga joylarda qo'shimcha 3535 ta yangi ish o'rni yaratildi. Mazkur forumda qurilish sohasida servis xizmatlarini kengaytirish, Xonobod shahri, Buloqboshi va Xo'jaobod tumanlarida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o'rinlarini yaratish, aholi bandligini ta'minlashda mikromoliyaviy xizmatlar ko'lamini yanada oshirish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, Markaziy va tijorat banklari mutaxassislari tomonidan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik va boshlang'ich sarmoyani shakllantirish uchun kredit olishga zarur bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirish, kredit mablag'laridan talab darajasida foydalanish yuzasidan tushuntirishlar va huquqiy maslahatlar berildi. Forum doirasida bugungi kunda o'z ishini boshlagan kichik biznes vakillarining ishlab chiqarayotgan mahsulotlari ko'rgazmasi hamda tijorat banklarining mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha metodik-uslubiy qo'llanmalari bilan tanishtirildi va bank xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi. Muloqot tadbirkorlarni qiziqtirayotgan bir qator masalalarni bahamjihatlikda echishga sharoit yaratdi. Forumda viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Natijada ko'plab xotin-qizlar, yoshlar doimiy ish o'rni bilan ta'minlanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Loyiha mahalliy aholi muammolarini har tomonlama o'rganish, ularning echimini kompleks ravishda joyida hal etish jarayoni takomillashayotganidan dalolat beradi. |