O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" >

Bank kreditlaridan foydalanish osonlashdi

Yangilangan sana: 28.09.2011

Markaziy bank mamlakatimiz Prezidentining "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni hamda "Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori talablarini bajarish yuzasidan qator tadbirlarni ishlab chiqdi.

Yaqinda, belgilangan choralar doirasida Markaziy va tijorat banklari vakillarining Andijon viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda banklar va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish yo'llari haqida fikr almashildi.

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo'lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko'proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi to'siq va g'ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta'minlash choralari ko'rilmoqda. O'z navbatida banklar tomonidan o'z faoliyatining ochiqligini ta'minlash, tadbirkorlarning kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko'rib borilmoqda. Qulay bank xizmatlari taklif etilmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo'lganidek, andijonlik tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish imkoniyatlari ancha osonlashdi. Natijada keyingi uch yil davomida ajratilgan kreditlar hajmi keskin oshib, ko'rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar miqyosi kengaydi.

Xususan, 2011 yil davomida viloyat tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'eklariga ajratilgan kreditlar hajmi 2008 yilga nisbatan 3 barobar o'sib, 178 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash mexanizmlari soddalashtirilishi muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Tijorat banklarining kredit portfeliga nazar solinsa, ajratilayotgan o'rta va uzoq muddatli kredit mablag'lari asosan:

- ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, zamonaviy yuqori texnologiya, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, boshlang'ich sarmoyani shakllantirish va aylanma mablag'larni to'ldirish;

- zamonaviy bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan professional kollejlarning bitiruvchilarini tadbirkorlikka keng jalb etish hamda o'z biznesini yo'lga qo'yishi uchun ularga imtiyozli kreditlar ajratish;

- dehqon va shaxsiy yordamchi xo'jaliklarga qoramol sotib olish; 

- tadbirkorlik sub'ektlari, fermer xo'jaliklariga mini texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish va lizing xizmatlari ko'rsatish;

- turli moliyaviy instrumentlarni keng qo'llagan holda iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash;

- uzoq va borish qiyin bo'lgan, aholi zich yashaydigan tumanlarda joylashgan tadbirkorlik sub'ektlarini imtiyozli kreditlash;

- Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi imtiyozli mablag'larini aholini ish bilan ta'minlashga katta ehtiyoj sezayotgan qishloq tumanlarida oilaviy biznes, kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish;

- xizmat ko'rsatish va servis, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash va iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga yo'naltirilayotganini ko'rish mumkin.

Qayd etish joizki, tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamg'armasi resurslari hisobidan taqdim etiladigan kreditlar hisobiga olinadigan daromadlarining 2015 yilga qadar soliqdan ozod qilinishi banklar tomonidan kreditlash hajmining oshirilishida ijobiy o'rin tutmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga berilgan tijorat banklarining kreditlari bo'yicha ta'minot sifatida jismoniy shaxslarning mol-mulkini garovga olish amaliyotini joriy etilishi tadbirkorlik faoliyatini boshlashga rag'batlantiruvchi omil bo'ldi.

Tadbirkorlik faoliyatining erkinlashtirilishi nobank kredit tashkilotlarining mikromoliyaviy xizmatlar ko'lamini oshirilishiga sharoit yaratdi.

Umuman, joriy yilning sakkiz oyi davomida viloyat tijorat banklari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 27,8 mlrd. so'm, nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarish uchun 35,2 mlrd. so'm, xizmat ko'rsatish va servis sohasiga 18 mlrd. so'm, oilaviy tadbirkorlik va xunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2,5 mlrd. so'm, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirishga 1,5 mlrd. so'm kredit mablag'lari yo'naltirildi.

Bank xodimlari ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun olib borilayotgan ishlar, keyingi rejalar haqida ma'lumot berisharkan, joriy yil yakuniga qadar sohaga ajratiladigan kreditlar hajmini 237,6 mlrd so'mga etkazishga harakat qilishayotganini ilova qilishdi.

Uchrashuv ishtirokchilari mamlakatimiz rahbari tomonidan imzolangan hujjatlar bank va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladilar.