O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" >

O`zLiDeP va Markaziy bank matbuot anjumani o'tkazdi

Yangilangan sana: 19.05.2011

«Poytaxt» biznes markazida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qo'shma matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi a'zolari, Markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari, tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etdi.

Ta'kidlandiki, O'zbekiston mustaqil rivojlanishining butun davri mobaynida olib borilayotgan islohotlarning muhim ustivorliklari bu demokratik jamiyat asosi sifatida mulkdorlar o'rta sinfini shakllantirish va yanada rivojlantirish bo'lib qolmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning kafolati va tayanchi hamda mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lidagi faol harakatlantiruvchi kuchdir.

O'zbekistonda imkon qadar maqbul sharoitlar va ishchan muhit, imtiyozlar va afzalliklar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun har tomonlama ko'mak berish, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish bo'yicha tizimli va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sohani jadal sur'atlar bilan rivojlantirish ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to'ldirish, birinchi navbatda yoshlar uchun yangi ish o'rinlari yaratish, shu asosda aholi daromadlari va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasidagi ustivorliklarni hamda "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini amalga oshirish sifat jihatdan yangi iqtisodiy huquqiy sharoitlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda.

Kezi kelganda aytish o'rinliki, 2011 yilning 4 oyi davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2010 yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar oshib, 1,1 trln. so'mdan va nobank kredit tashkilotlari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 108 mlrd. so'mdan ortiq miqdorni tashkil etdi.

Kreditlar ajratilishida "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili“ Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan:

- oziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga 224,2 mlrd. so'm;

- xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 114,5 mlrd.so'm;

- kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o'z biznesini tashkil etishlari uchun 5,5 mlrd. so'mdan  ortiq imtiyozli mikrokreditlar;

- oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun tadbirkorlik sub'ektlariga 5,5 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarining 30,4 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablag'lari yo'naltirildi.

Davlat dasturida bank tizimi oldiga qo'yiladigan vazifalarning ijrosini o'z vaqtida va to'liq bajarilishini ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, tijorat banklarining barcha filiallarida “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Ularda malakali mutaxassislar tomonidan ishbilarmonlarga kreditlar ajratish, bank xizmatlari ko'rsatish, biznesni yo'lga qo'yish va yanada kengaytirish yuzasidan zarur maslahatlar berib borilmoqda.

Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to'g'risida uzluksiz ravishda axborot berib borilishi yo'lga qo'yildi. Banklarning muntazam yangilanib boriladigan veb-sayt va portallari orqali axborot xizmati ko'rsatish tizimi kengaytirildi.

O`zLiDeP va Markaziy bank yuqorida aytilgan yo'nalishlar bo'yicha qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, loyihalar doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va hajmlarini oshirish, ularning boshlang'ich sarmoyasini shakllantirish, huquqiy madaniyati va biznes ko'nikmalarini yuksaltirishga ko'maklashish sohasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Respublikamizning eng chekka qishloq va chegaradosh tumanlarida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash - aholi farovonligini oshirish omili” mavzuida turkum seminarlar o'tkazilmoqda. Ular asosan tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirish va aholi bandligiga oid masalalarni hal etishga ko'maklashishga qaratilgan. Ularda 11 mingdan ortiq tadbirkorlar, fermerlar, o'quv yurtlari bitiruvchilari va ayollar ishtirok etishdi.

Bank tuzilmalari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari uchun maqbul sharoitlarni yaratish, biznesni yo'lga qo'yish va samarali boshqarish, ushbu maqsadlarda boshlang'ich kapitalni shakllantirish bo'yicha dolzarb masalalar va vazifalar muhokama etilmoqda. Tadbir ishtirokchilariga bank-moliya tuzilmalari tomonidan qo'llanilayotgan ko'rgazmali namunali biznes-loyihalar, kreditlarni olish uchun takliflarni ishlab chiqish, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha tavsiyalar taqdim etilmoqda va boshqa maslahatlar berilmoqda.

Tadbirlar davomida 500 dan ortiq tadbirkorga o'z biznesini yo'lga qo'yish va kengaytirish uchun qariyb 7 mlrd. so'mlik imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta'minlash va uning farovonligini oshirishning muhim yo'nalishlari sifatida yoshlarni innovatsion rivojlanish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilishga qaratilgan «Diplom bilan - biznesga» kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Qayd etilgan loyihalarda hozirga qadar 1500 nafardan ziyod kollej va oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari, 1000 nafardan ortiq tadbirkor va fermerlar, ayollar ishtirok etdi. Tijorat banklari oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi qariyb 200 biznes-rejani qo'llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

Anjumanda ta'kidlandiki, Markaziy bank va tijorat banklarining partiya tashkilotlari bilan hamkorligi «Banklar – tadbirkorlarning hamkori va ishonchli tayanchi» g'oyasini hayotga izchil tadbiq etishda, bank-moliya muassasalari tomonidan tadbirkorlik tashabbuslari va O`zLiDeP elektorati loyihalarini qo'llab-quvvatlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Anjuman qatnashchilari, shuningdek, banklar tomonidan tashkil etilgan innovatsion bank xizmatlari ko'rgazmasi bilan tanishdilar.