| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > Kreditlash faol davom etmoqda Yangilangan sana: 09.08.2011
Namangan viloyatining Chortoq tumani Madaniyat saroyida O'zbekiston Xalq-Demokratik partiyasi va Respublika Markaziy banki hamkorligida "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o'rinlari yaratishda mikromoliyaviy xizmatlardan keng foydalanish imkoniyatlari” mavzuida anjuman bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq-Demokratik partiyasi Markaziy Kengashi a'zolari, Markaziy va tijorat banklari rahbarlari, tadbirkorlar va fermerlar, kollej bitiruvchilari va aholi vakillari ishtirok etdilar. Forum qatnashchilari banklar tomonidan tashkil etilgan zamonaviy bank xizmatlari ko'rgazmasi bilan yaqinroq tanishish imkoniga ega bo'ldilar. Ta'kidlandiki, XDP va Markaziy bank O'zbekiston rahbari tomonidan taklif etilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuquralshtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi»da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq qilishda va qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek XDP va Markaziy bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash yo'nalishida faol ish olibmoqda. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini oshirish, sohaning izchil rivojlanishini ta'minlash orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tayanchi bo'lgan o'rta sinfning to'laqonli shakllanishiga sharoit yaratish, barcha hududlarda yanada qulay biznes-muhit yaratish, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, mehnatga layoqatli kishilarni iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida XDP va Markaziy bank o'rtasida qo'shma loyihalar ishlab chiqildi. Chortoqdagi amaliy anjumanda 60 dan ortiq tadbirkorlar va fermerlar, bitiruvchi yoshlarga tijorat banklari tomonidan qariyb 300 mln. so'mdan ortiq kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. Kezi kelganda aytish o'rinliki, 2011 yilning 6 oyi davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2010 yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobar oshib, 80,1 mlrd.so'mdan ortiq miqdorni tashkil etdi. Kreditlar ajratilishida "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili“ Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan: - oziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga 32,3 mlrd. so'm; - xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 6,4 mlrd.so'm; - kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o'z biznesini tashkil etishlari uchun 486,2 mln. so'mdan ortiq imtiyozli mikrokreditlar; - oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun tadbirkorlik sub'ektlariga 2,7 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Davlat dasturida bank tizimi oldiga qo'yiladigan vazifalarning ijrosini o'z vaqtida va to'liq bajarilishini ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, tijorat banklarining barcha filiallarida “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Ularda malakali mutaxassislar tomonidan ishbilarmonlarga kreditlar ajratish, bank xizmatlari ko'rsatish, biznesni yo'lga qo'yish va yanada kengaytirish yuzasidan zarur maslahatlar berib borilmoqda. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to'g'risida uzluksiz ravishda axborot berib borilishi yo'lga qo'yildi. Banklarning muntazam yangilanib boriladigan veb-sayt va portallari orqali axborot xizmati ko'rsatish tizimi kengaytirildi. Forumda ishtirokchilar Xalq Demokratik partiyasi va Markaziy bank qo'shma loyihasi qishloq joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etishda amaliy ahamiyat kasb etishini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ravnaqi pirovardida aholi bandligini ta'minlash va shu asosda aholi daromadi oshishi va turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qilishini ta'kidladilar. |