| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > Banklar “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi” ijrosini ta'minlashda faol qatnashmoqda Yangilangan sana: 12.04.2011
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2011 yil "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan bank faoliyatining sub'ektlari “Banklar - tadbirkorlarning hamkori va ishonchli tayanchi!” shiori ostida faoliyat ko'rsatmoqda. Shu munosabat bilan bank tizimida Markaziy bank etakchiligida tadbirkorlik sub'ektlariga yuqori darajada qulay biznes muhit yaratish, xususiy mulk ustivorligini mustahkamlash va uni ishonchli kafolatlar bilan ta'minlash, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga yo'naltirilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashni yanada rag'batlashtirish, ularga kengroq imkoniyat va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillar to'g'risida” qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida” qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish, “Mikromoliyalash to'g'risida”, “Kredit uyushmalari to'g'risida”, “Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida”gi qonunlariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan amaliy ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirokini kengaytirishga oid qonunosti hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, soha vakillarini axborot bilan ta'minlash va maslahat ko'rsatish tizimini yanada rivojlantirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish bo'yicha o'tkazilayotgan tadbirlarga tashkilotchi sifatida ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz rahbari 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Maxkamasining majlisida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuvga chek qo'yishni qat'iy ta'kidlagan edilar. Ushbu ko'rsatmaning amaldagi tasdig'i mamlakatimiz Prezidentining “Tadbirkorlik sub'ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2011 yil 4 apreldagi Farmoni bo'ldi. Mazkur hujjat davlat va nazorat organlarining korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish, tekshirishlarni tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish va mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga asossiz aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish, shu asosda tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishni ta'minlashga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, bank tizimida “Bank siri to'g'risida”gi Qonun talablariga qat'iy rioya etish, jumladan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlari aylanmasi va pul mablag'lari qoldig'i to'g'risidagi ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga noqonuniy berilishini oldini olish, ushbu ma'lumotlar qonunchilikka zid ravishda taqdim etilganda bankning rahbar va mas'ul xodimlariga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo'lgan jazo choralari qo'llanilishi to'g'risida yana bir bor qattiq ogohlantirildi. Banklar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushini ko'paytirish maqsadida sohaga kredit ajratish mexanizmini takomillashtirish va hajmini kengaytirish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Joriy yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning ushbu sektoriga ajratiladigan kreditlar hajmini kamida 1,3 barobarga ko'paytirish yoki qariyb 3,6 trln. so'm, nobank kredit tashkilotlari tomonidan 307 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratish choralari ko'rilib borilmoqda. Bunda, avvalambor oilaviy biznes va hunarmandchilikni rivojlantirish, boshlang'ich kapitalni shakllantirish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida uzoq va o'rta muddatli kreditlar ajratishni kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ravnaq topishi uchun tijorat banklari o'z kredit resurslarini bu yil: - investitsion maqsadlar – korxonalarni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, zamonaviy yuqori texnologiya asosida innovatsion ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish hamda boshlang'ich kapital va aylanma mablag'larni to'ldirish uchun 1,3 barobar; - tadbirkorlik tuzilmalari, fermer xo'jaliklariga minitexnologiya va ixcham asbob-uskunalar xarid qilishi va ko'rsatiladigan lizing xizmatlari uchun 1,5 barobar; - iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi xo'jalik sub'ektlariga xomashyo va materiallar sotib olish, faktoring xizmatlari ko'rsatish uchun 1,2 barobar; - axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda soha vakillariga ko'rsatiladigan bank xizmatlari hajmini 1,6 barobar; - “Mikrokreditbank” tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga, eng avvalo xizmat ko'rsatish va servis sohasini, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ko'rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar hajmini 1,3 barobar; - “Mikrokreditbank” va boshqa tijorat banklari shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklariga yirik shoxli qoramol sotib olish uchun kredit mablag'lari ajratishni rejalashtirgan. Nobank kredit tashkilotlari esa soha sub'ektlarining o'z biznesini boshlashlari va aylanma mablag'larini to'ldirishi uchun ajratiladigan mikrokreditlar hajmini Shuningdek, banklar tomonidan imtiyozli kreditlash hajmi ham ko'paytiriladi. Mazkur yilda: - kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining olgan zamonaviy bilim va malakalarini amaliyotga qo'llash, ularni iqtisodiyotning ushbu sohasiga jalb etishni kengaytirish uchun ularning tadbirkorlik loyihalariga ko'rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar hajmini 2,5 barobarga; - ustuvor ravishda uzoq va borish qiyin bo'lgan tumanlar, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo'lgan tumanlar va shaharlarda joylashgan ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklarining yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltiriladigan imtiyozli kreditlar hajmini 1,3 barobarga oshirish ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan Bandlikka ko'maklashish jamg'armasining imtiyozli mablag'lari asosan qishloq tumanlarida oilaviy biznes, kasanachilik va hunarmandlikni rivojlantirishga yo'naltiriladi. Kezi kelganda aytish o'rinliki, belgilangan rejalarning bajarilishi, tijorat banklarining imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishdagi faolligini oshirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash hajmlarini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2011 yil 11 martdagi qarori muhim rag'batlantiruvchi omil bo'ldi. Hujjatda tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg'armasi mablag'lari hisobidan ajratilgan kreditlaridan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig'idan ozod qilindi. Mazkur qarorga asosan Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2000 yil 19 maydagi 195-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida” 2011 yil 19 martdagi qarori qabul qilindi. Unda tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg'armasi mablag'lari ustuvor ravishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, uzoq va borish qiyin bo'lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo'lgan tumanlar va shaharlarda joylashgan ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo'jaliklarini moliyalashtirish uchun ajratilishi belgilandi. Joriy yilda tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg'armasi mablag'lari hisobidan 24 mlrd. so'mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishi ko'zda tutilmoqda. Bundan tashqari, tijorat banklariga kichik tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta'minotini rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi. Markaziy bank tomonidan bank kreditlaridan oqilona foydalanish orqali o'z bizneslarini rivojlantirishga yanada ko'proq imkoniyatlar yaratish choralari ko'rib borilyapti. 2011 yilning 1 yanvaridan boshlab Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi yillik 14 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi. Bu esa, shubhasiz, tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladigan kreditlar foiz stavkalarining pasayishiga olib keldi. Davlat dasturiga muvofiq, mehnat va ijara shartnomalari bo'yicha korxonalarning kasanachilar bilan kooperatsiyasini, hunarmandchilik va oilaviy biznesni rivojlantirish hisobiga 216 mingdan, shu jumladan qishloq joylarida kamida 105 mingta yangi ish o'rni yaratish ko'zda tutilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olingan. Hozirgi paytda tijorat banklarining barcha filiallarida “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etilib, u erda malakali mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarga biznesni yo'lga qo'yish va yanada rivojlantirish yuzasidan zarur maslahatlar berib borilmoqda. Kreditlardan oqilona foydalanish bo'yicha joylarda soha vakillari ishtirokida turkum seminarlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to'g'risida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo'lga qo'yildi. Banklarning muntazam yangilanib boradigan veb-saytlari orqali axborot xizmati ko'rsatish tizimi kengaytirildi. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini faol jalb etish hamda ularni o'zlashtirish hajmini kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shuningdek, O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi huzurida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik investitsion loyiha hujjatlarini tayyorlashni konkurs asosida moliyalashtirishga ixtisoslashtirilgan Jamg'arma tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu o'rinda qayd etish lozimki, mamlakatimiz Prezidentining “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori talablariga binoan respublikamizda nobank kredit tashkilotlari tarmog'i va faoliyati yanada kengaytiriladi, ular tomonidan ko'rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi shunga mos ravishda oshiriladi. |