| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > Tadbirkorlar bilan yonma-yon Yangilangan sana: 20.04.2011
Markaziy bankning Camarqand viloyat Bosh boshqarmasi tashabbusi bilan tijorat banklari bilan hamkorlikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga yaratilgan imtiyozlarni batafsil tushuntirish, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini yanada kengaytirish hamda joylarda ushbu masalalarda yuzaga kelayotgan savollarga to'liq javob berish yuzasidan muntazam ravishda uchrashuvlar o'tkazib kelinmoqda. Yaqinda ana shunday tadbirlar Narpay tumanidagi Sanoat kollejida (Narpay, Kattaqo'rg'on, Paxtachi tumanlari) hamda Kattaqo'rg'on shahar tadbirkorlarlari ishtirokida o'tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda Markaziy bankning viloyat Bosh boshqarmasi, banklar filiallari rahbarlari va mas'ul xodimlari, mahalliy hokimliklar vakillari, kichik biznes sub'ektlari, shu jumladan, tadbirkor ayollar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklari, kollej bitiruvchilari hamda fuqarolar ishtirok etishdi. Uchrashuvda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi hamda "2011 yilda ish o'rinlari yaratish va aholi bandligini ta'minlash dasturi” ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub'ektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq loyihalarini moliyalashtirish masalalarida atroflicha ma'lumotlar berildi. Qayd etish o'rinliki, Samarqand viloyatida 2011 yilning 1-choragida tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlariga 73,3 mlrd so'mlik kredit mablag'lari ajratildi yoki bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbattan 1,3 barobar ortiqdir. Yil oxirigacha ushbu sohaga 283 mlrd. so'm kredit mablag'lari ajratilishi ko'zda tutilmoqda. Joriy yilning o'tgan uch oyida 13 mlrd. 392 mln so'mlik mikrokreditlar ajratildi, bu belgilangan prognoz ko'rsatkichlardan 9 foiz ko'pdir. Tijorat banklari diqqat markazida oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to'ldirish yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash doimiy diqqat markazida bo'lmoqda. Shu maqsadda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar va fermer xo'jaliklariga 2011 yilning 1 apreliga qadar jami 13.1 mlrd so'mlik kreditlar ajratildi. Viloyatdagi sanoat mahsulotlari va iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar loyihalari ham peshma-pesh moliyalashtirib borilmoqda. Shu yilning birinchi choragida sanoat mahsulotlari tayyorlaydigan xo'jalik sub'ektlari 11,2 mlrd so'mlik kredit resurslari bilan ta'minlandi. So'nggi yillarda viloyatda tadbirkor ayollarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Banklar ishbilarmon ayollar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Birgina shu yilning 1 apreliga qadar ularga 7,2 mlrd so'mlik kreditlar ajratildi. Uchrashuvlar chog'ida tijorat banklari tomonidan 52 nafar o'quv yurtlari bitiruvchilari va fuqarolarga imtiyozli kredit ajratish bo'yicha sertifikatlar berildi. Ta'kidlash joizki, 2011 yilning 1-choragi davomida tijorat banklari tomonidan oliy o'quv yurtlari hamda kollej bitiruvchilari tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari va rivojlantirishlari uchun jami 1,4 mlrd so'mlik kreditlar ajratildi. Natijada 185 ta yangi ish o'rni yaratildi. Ushbu uchrashuvlarda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar. |