| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > Navbatdagi forum Buxoroda o'tdi Yangilangan sana: 05.07.2011
Buxoro shahrida tashkil etilgan "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o'rinlari yaratishda mikromoliyaviy xizmatlardan keng foydalanish imkoniyatlari” mavzuidagi navbatdagi iqtisodiy forum aholining nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy bilimini oshirish, kam ta'minlangan, lekin ishga layoqatli va iqtisodiy faol fuqarolar uchun yangi ish o'rinlari yaratish maqsadida o'tkazildi. Mazkur anjuman Respublika Markaziy banki va qator etakchi tijorat banklarining O'zXDP Markaziy kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihasi doirasida tashkil etildi. Forumda partiya Markaziy kengashi a'zolari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlaridagi O'zXDP deputatlik guruhlari a'zolari, banklar rahbarlari hamda mutaxassislari, oilaviy biznes, hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug'ullanayotgan aholi vakillari, o'z biznesini tashkil etish harakatida yurgan fuqarolar, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishtirok etdi. Forum doirasida iqtisodiy o'quv tashkil qilindi. Unda tijorat banklari tomonidan mikromoliyaviy xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik va boshlang'ich sarmoyalarni shakllantirish, bunda kredit ajratish qoidalari haqida batafsil so'z yuritildi. Bugungi kunda respublika banklarining Buxoro viloyatida 53 ta filiali faoliyat ko'rsatmoqda. Aholi ular xizmatidan unumli foydalanib kelmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili munosabati bilan tadbirkorlar uchun qator engillik va imtiyozlar yaratildi. Tijorat banklari tomonidan 2011 yili viloyat bo'yicha 165 milliard so'm kredit ajratish rejalashtirilgan. O'tgan besh oy mobaynida kichik biznes sub'ektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun 71 milliard so'mga yaqin mablag' yo'naltirdi. Dunyodagi davlatlarga nisbatan O'zbekistonda kreditlashning juda soddalashtirilgan mexanizmi amal qilmoqda. O'z faoliyatini boshlagan tadbirkor kredit olmoqchi bo'lsa, bankka bor-yo'g'i uchta hujjat taqdim etadi. Bu - kredit olish uchun ariza, biznes reja va kredit ta'minoti haqidagi hujjatdir. Kreditlash jarayonining mana shunday soddalashtirilishi kichik biznes rivojining muhim omili bo'lmoqda. Aholining ish bilan bandligini ta'minlashda yangi-yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Masalan, Buxoro viloyati bo'yicha berilgan kreditlar hisobiga o'tgan besh oy davomida 5,5 mingta yangi ish o'rni yaratildi, oilaviy daromad va farovonlik oshishini ta'minladi. Forum davomida tadbirkorlarning xorijdan yangi, zamonaviy va ixcham uskunalar olib kelish, aylanma mablag'larni to'ldirish, kredit ta'minoti, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining hamda mulk garovi va uchinchi shaxs kafilligi bilan kredit olish imkoniyatlariga bog'liq va boshqa savollariga batafsil tushuntirishlar berildi. Aytish o'rinliki, Buxoro viloyatida hududiy rivojlanish dasturi hamda aholiga yangi ish o'rinlari yaratish borasidagi ustuvor yo'nalishlardan kelib chiqib, o'z ishini boshlashni xohlagan kam ta'minlangan aholi vakillari, ayollar, yoshlar, xususan, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari takdim etgan biznes-rejalar o'rganib chiqildi. Ulardan 80 dan ortig'i istiqbolli deb topildi va imtiyozli kredit berish bo'yicha tijorat banklarining sertifikatlari topshirildi. Forum doirasida kasanachilar, hunarmandlar, o'z ishini boshlagan tadbirkorlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari ko'rgazmasi hamda tijorat banklarining mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha metodik uslubiy qo'llanmalari namoyish etildi. Ta'kidlash o'rinliki, bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida viloyatdagi 300 dan oshiq korxona va muassasalar 3,7 mingta ish o'rni taklif etdi. Natijada 836 kishi doimiy ish o'rni bilan ta'minlandi. |