O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" >

O'zaro ishonch mustahkamlanmoqda

Yangilangan sana: 25.08.2011

Mamlakatimizda biznes muhit tobora yaxshilanmoqda, tijorat banklari tadbirkorlarni faol moliyaviy qo'llab-quvvatlamoqda. 

Bunday fikrlarni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan tijorat banklari hamkorligida Xorazm viloyatining Bog'ot, Ko'shko'pir va Shovot tumanlarida tadbirkorlik sub'ektlari vakillari bilan o'tkazilgan amaliy seminarlar ishtirokchilari bildirishdi.

Mazkur tadbirlarda bank vakillari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qonunchilik hujjatlari, ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni kengaytirish va shu orqali yangi ish o'rinlarini yaratish bilan bog'liq loyihalarini amalga oshirishlari uchun ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, viloyatda "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi, "2011 yilda ish o'rinlari yaratish va aholi bandligini ta'minlash dasturi” ijrosi xususida axborotlar taqdim etildi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi tobora ortishi  barobarida sohaning moliyaviy resurslarga bo'lgan talabi ham oshib bormoqda. Shu maqsadda tijorat banklarini yanada kapitallashtirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyatida 2011 yil 1 avgust holatiga aholi omonatlari qoldig'i 239,3 mlrd so'mni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich 2010 yilning 1 avgustga nisbatan 46,9 mlrd so'm ko'pdir.

Banklarda depozitlar hajmining o'sishi, o'z navbatida, ularning iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashdagi ishtirokini ichki manbalar hisobidan kengaytirishga, bank aktivlari va kredit quyilmalarining ko'payishiga ijobiy ta'sir qilmoqda. Banklarning etarlicha kapitalga egaligi ularning investitsiya faoliyatini jadallashtirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga doir muhim strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy islohotlarni kreditlash yo'li bilan qo'llab-quvvatlashga sharoit yaratmoqda.

Banklar tomonidan joriy yil oxirigacha xorazmlik tadbirkorlarga barcha moliyalash manbalari hisobidan 136 mlrd. so'm kredit mablag'lari ajratilishi rejalashtirilmoqda.

O'tgan 7 oy mobaynida kichik biznes sub'ektlariga 2010 yilning shu davrbga nisbatan 58 foiz ko'p, ya'ni 93,8 mlrd.so'mlik kredit mablag'lari ajratilib, ular hisobiga  8238 ta yangi ish o'rni yaratildi.

Shuningdek, o'tgan 7 oy mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga 27,1 mlrd. so'mlik mikrokreditlar ajratilib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 40,6 foiz ko'pdir.

Muloqotlar chog'ida xususan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlari sifati va turlarini kengaytirish borasida fikr almashuvlar bo'ldi.

Aytish o'rinliki, hozirga qadar viloyat bo'yicha muomalaga salkam 362 ming dona plastik kartochka, savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalarida 4 ming 683 dona to'lov terminali va to'lovlarni uzluksiz qabul qiluvchi  23 ta infokiosk o'rnatilgan.

Xorazm viloyatida  faoliyat ko'rsatuvchi savdo va pullik xizmat ko'rsatuvchi shoxobchalari tomonidan plastik kartochkalar orqali jami 223,9 mlrd. so'mlik to'lovlar amalga oshirilgan.

Bank xodimlari va tadbirkorlarning bu sira uchrashuvlari ular o'rtasida o'zaro tushunish, ishonch va munosabatlarning mustahkamlanishiga xizmat qilishini ko'rsatdi.