| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > Surxondaryodagi uchrashuvlar Yangilangan sana: 18.08.2011
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan etakchi tijorat banklari bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on, Oltinsoy, Sho'rchi va Sherobod tumanlarida kichik biznes tuzilmalari va aholi vakillari bilan amaliy seminarlar o'tkazildi. Mazkur tadbirlarda kichik biznesning mamlakat YaIMdagi ulushi o'sib borishida sohani qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik bazasining takomillashtirilishi muhim o'rin tutayotgani ta'kidlandi. Shuningdek, ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni kengaytirish, shu orqali yangi ish o'rinlarini yaratish bilan bog'liq loyihalarini amalga oshirishlari uchun ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi. Anjumanlar chog'ida "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi, “2011 yilda ish o'rinlari yaratish va aholi bandligini ta'minlash dasturi” ijrosi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, bank xizmatlari ko'rsatish borasida olib borilayotgan ishlar bo'yicha o'zaro fikr almashildi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyatdagi kichik tadbirkorlik sub'ektlariga 2010 yilning shu davrga nisbatan 26,5 foiz ko'p, ya'ni 92,3 mlrd.so'mlik kredit mablag'lari ajratilib, mazkur kreditlar hisobiga 12,5 mingdan ko'proq yangi ish o'rni yaratildi. Shu yil oxirigacha mazkur sohaga barcha moliyalash manbalari hisobidan yana 77,7 mlrd. so'm kredit mablag'lari ajratilishi kutilmoqda. Tahlillar viloyatda mikrokreditlarga bo'lgan talab o'sib borayotganini ko'rsatmoqda. O'tgan 6 oy mobaynida soha vakillariga 30,0 mlrd. so'mlik mikrokreditlar ajratildi, bu ko'rsatkich 2010 yilning shu davriga nisbatan 41,4 foiz ko'pdir. Surxondaryo viloyati qishloq xo'jaligi, ayniqsa qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirishda katta salohiyatga ega. Tijorat banklari 2011 yilning birinchi yarim yilligida ozuqa bazasini mustahkamlash, ozuqabop ekinlar urug'larini etishtirish tizimini yaratish, servis xizmatlari ko'rsatish sifatini yaxshilash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirishga doir jami 112 ta loyihaga 6362,8 mln. so'm miqdorida kredit mablag'i ajratdi. Banklar tomonidan 2011 yil yakunigacha ushbu sohalarga dasturga asosan 236 ta loyiha uchun 9251,4 mln. so'm kredit ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, manzilli hududiy investitsiya dasturiga muvofiq joriy yilning birinchi yarim yilligida umumiy qiymati 39 mlrd. 754 mln. so'm va 2 mln. 450 ming AQSH dollariga teng bo'lgan 319 ta loyiha, shuningdek tashabbuskorning o'z mablag'i va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, o'tgan 6 oy davomida umumiy qiymati 24,9 mlrd. so'mga teng bo'lgan 169 ta loyiha amalga oshirildi. Tijorat banklari joriy yildagi mas'uliyatli vazifalarni e'tiborga olgan holda o'z moliyaviy barqarorligini yanada kuchaytirish, investitsiya faoliyatini jadallashtirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga doir muhim strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy islohotlarga yo'naltirilayotgan kreditlash hajmini ichki manbalar hisobiga oshirish maqsadida aholi va xo'jalik sub'ektlarining bo'sh mablag'larini uzoq muddatli depozitlarga jalb qilishga alohida e'tibor qaratmoqda. Uchrashuvlar qatnashchilari bank depozitlari, kafolatlari, imtiyozlari to'g'risida batafsil ma'lumot oldilar. Ta'kidlash o'rinliki, tijorat banklarining viloyatdagi filiallarida 2011 yil 1 avgust holatiga aholi omonatlari qoldig'i 64,3 mlrd so'mni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich 2010 yilning 1 avgustga nisbatan 18,7 mlrd so'm ko'pdir. Aholi jamg'armalarining o'sishi, o'z navbatida, bank aktivlari va kredit quyilmalari hajmining ko'payishiga, ularning iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo'llab-quvvatlashdagi ishtirokini faollashtirishga ijobiy ta'sir qilmoqda. Shu bilan birga, ishtirokchilar plastik kartochkalar bo'yicha ko'rsatilayotgan xizmatlar borasida iliq fikrlarni bildirdilar. Hozirgi paytda viloyatda muomalaga jami 475 ming 400 dona plastik kartochka muomalaga chiqarilgan, savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalarida 5 ming 120 dona to'lov terminali va to'lovlarni uzluksiz qabul qiluvchi 27 ta infokiosk o'rnatilgan. Savdo va pullik xizmat ko'rsatuvchi shoxobchalari tomonidan plastik kartochkalar orqali jami 289,9 mlrd. so'mlik to'lovlar amalga oshirilgan. Seminar davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar. |