| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
|
Yubiley tangalari
Banknotlar va tangalar
Foydali manbalar
|
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" > Navoiyda amaliy uchrashuvlar Yangilangan sana: 02.05.2011
Navoiy shahridagi "Shirin" madaniyat caroyida Respublika Markaziy banki va O'zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda «Mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish imkoniyatlari» mavzuida iqtisodiy forum va mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Forumda Markaziy bankning Navoiy viloyati Bosh boshqarmasi hamda tijorat banklari shahar va tuman filiallari rahbarlari, O'zbekiston XDP Markaziy Kengashi rahbarlari va ekspertlari, viloyat, shahar va tuman hokimliklari mas'ul xodimlari, mahalliy kengashlar xalq deputatlari, viloyat bandlikka ko'maklashish markazi, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda oilaviy biznes, hunarmandchilik va kasanachilik sohasining 300 nafardan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari va kollejlar bitiruvchilari ishtirok etdilar. Forumda Prezidentimiz I.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda o'tkazilgan qo'shma majlisida "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”ga bag'ishlangan ma'ruzalarida belgilangan ustivor yo'nalishlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish yo'nalishidagi vazifalarni amalga oshirishda mikromoliyalash tizimini rivojlantirish choralari izchil ko'rilayotgani haqida ma'lumotlar berildi. Forum va mehnat yarmarkasi davomida ishtirokchilar, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar. Tadbir davomida oilaviy tadbirkorlar, hunarmandlar, kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Shunga o'xshash yana bir tadbir O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda viloyatning eng chekka - Tomdi tumanida ochiq muloqot tarzida o'tkazildi. Muloqot chog'ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda qonunchilikning ahamiyati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha 2011 yilda tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan ma'ruzalar tinglandi. Ta'kidlandiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlanib borishini ta'minlash orqali mamlakatimizda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tayanchi bo'lgan o'rta sinfning to'laqonli shakllanishiga sharoit yaratilmoqda. Viloyat iqtisodiy ravnaqida mazkur sohaning ulushi yildan yilga oshib bormoqda. Ma'lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo'llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda mikromoliyaviy xizmatlar bozori jadal o'sib bormoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar tijorat banklarining mikromoliyaviy xizmatlari, loyihalarni kreditlash usullari, yaratilgan imtiyozlar, uning yanada ravnaq topishi uchun jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlarning imtiyozli kredit liniyalari va grantlaridan foydalanish tartiblari va boshqa xizmatlari to'g'risida zarur axborotga ega bo'ldilar. Forum so'ngida 85 nafar tadbirkor va kollej bitiruvchisiga tijorat banklarining imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlari topshirildi. Ochiq muloqot davomida oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik sohalarida istiqbolli deb topilgan 30 ta tadbirkorlik loyihasiga mikrokredit olish huquqini beruvchi tijorat banklarining sertifikatlari topshirildi. |