O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" >

Tadbirkorlik rivoji uchun katta imkoniyatlar

Yangilangan sana: 26.09.2011

O'zbekiston Markaziy banki tashabbusi bilan Nukusda qoraqalpog'istonlik tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan anjumanda asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar xususida so'z yuritildi.

«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»da sohani har tomonlama qo'llab-quvvatlash va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirish borasida muhim qadamlar qo'yildi.

Buning yorqin misolini tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilayotgan kreditlar, shu jumladan ko'rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmining jadal sur'atlarda o'sishida ko'rish mumkin. Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2011 yil 8 oyi davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori o'tgan yilga nisbatan 1,5 barobar o'sib, 104,4 mlrd. so'mga etdi. Shundan, 22,6 mlrd. so'mini soha sub'ektlariga ajratilgan mikrokreditlar tashkil etib, 2010 yilga taqqoslanganda 1,6 barobar o'sishiga erishildi.

Muloqot davomida bankirlar tadbirkorlarga bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va erkinlashtirish bo'yicha so'nggi yangiliklarni bayon etishdi. Xususan, hozirgi paytda milliy valyutada hisobraqami ochganligi uchun kichik biznes sub'ektlaridan to'lov undirish bekor qilindi; ularning kreditlar ajratish haqidagi arizalari uch bank kunida ko'rib chiqiladigan bo'ldi; xo'jalik sub'ektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to'lovlarni amalga oshirishda to'lov terminallari cheklari birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirildi; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga bank muassasalariga eng kam ish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo'lgan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqi berildi.

Mamlakatimiz rahbarining "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoniga asosan Markaziy bank, O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg'armalar va banklar ishtirokida Tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha kafolatlash fondini tashkil etish choralari ko'rilmoqda. Tuzilajak Fondning asosiy vazifasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo'yicha ta'minot taqdim etishdir.

Mazkur fond kreditlarning qaytarilishini ta'minlashda muhim mexanizm vazifasini o'taydi. Fond, shubhasiz, yangi, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni tashkil etish istagida bo'lgan minglab tadbirkorlik sub'ektlarining bank kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ta'kidlash o'rinliki, joriy yilda tijorat banklari tomonidan qoraqalpog'istonlik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining loyihalarini moliyalashtirishga 145,8 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilishi va lizing xizmatlari ko'rsatilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 8 oyi davomida, oziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 12,5 mlrd. so'm; xizmat ko'rsatish va servis sohasini kengaytirishga 13,0 mlrd. so'm; oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 477,0 mln. so'm; kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirishga 617,9 mln. so'm ajratilgan.

Shuningdek, xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kredit liniyalari hisobidan 236,8 ming AQSH dollari miqdorida mablag' soha sub'ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltirildi.

Qayd etish joizki, tadbirkorlik sub'ektlariga investitsiya maqsadlari, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnologik yangilash uchun ajratilgan uzoq muddatli kreditlar hajmi 60,5 mlrd. so'mdan oshib, ularning sohaga taqdim qilingan jami kreditlardagi ulushi 58,0 foizni tashkil etmoqda.

Muloqot davomida tadbirkorlar bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaygani, tijorat banklari filiallarida tashkil qilingan "Tadbirkorlar xonasi”da kreditlar ajratish, bank xizmatlari ko'rsatish, biznesni yo'lga qo'yish va yanada rivojlantirish yuzasidan bepul maslahatlar berib borilayotganidan mamnuniyat izhor etishdi.

"Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosining ta'minlanishi hududda ishbilarmonlik muhitining tubdan yaxshilanayotgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va ulushining yanada ortayotgani, aholi bandligini ta'minlash va albatta, ularning turmush farovonligi yuksalishiga keng shart-sharoitlar yaratilayotganini qayd qilishdi.

Anjuman ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan barcha masalalar bo'yicha batafsil ma'lumotlar oldilar.