O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" >

Bank va agrar sektor hamkorligining samarasi

Yangilangan sana: 18.11.2011

Respublika Markaziy banki va "Agrobank” tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani mamlakatimizda qishloq infrastrukturasini rivojlantirish, dehqon va fermer xo'jaliklari, agrocanoat korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida bank tizimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yaqin istiqboldagi hamkorlik yo'nalishlariga bag'ishlandi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismi hisoblangan qishloq xo'jaligini rivojlantirish hamma vaqt hukumat diqqat markazida bo'lib kelgan. Hozirgi paytda agrosanoat majmuining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada oshirish, fermer xo'jaliklarini moddiy-texnik ta'minlash va moliyalash borasida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to'la javob beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi. Ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishi natijasida qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtirish sur'ati yildan-yilga o'sib bormoqda. Birgina shu yilning 9 oyida sohadagi o'sish sur'ati o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizni tashkil etdi. Dehqon va fermer xo'jaliklari bilan bir qatorda qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar mahsulotlari turi kengayib, rentabellikka erishib, eksport salohiyati oshib, investorlar va kredit tashkilotlari uchun tobora jozibador bo'lib bormoqda.

Har yili paxta va g'allachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlash, agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida va samarali o'tkazish uchun katta miqdorda moddiy resurs va mablag'lar ajratilmoqda. Masalan, 2011 yilning o'zida qishloq  xo'jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini etishtirish uchun salkam 1,6 trln. so'm, jumladan, paxta tayyorlashga qariyb 1,2 mlrd., g'alla etishtirishga - 400 mlrd. so'mdan ziyod imtiyozli kredit ajratildi va respublikamizda davlat rejalarining ortig'i bilan bajarilishini ta'minladi. 2012 yilda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar miqdori yanada oshirilishi ko'zda tutilmoqda. Dehqon va fermer xo'jaliklarini kreditlashda bo'lg'usi hosilni garovga olish sxemasi qo'llanilayotgani tufayli mulkiy ta'minoti etishmayotgan xo'jaliklarning kredit olish imkoniyati engillashtirildi. Qayta ishlovchi korxonalarni moliyalashtirishda esa kafillik mexanizmi keng qo'llanilmoqda. 

2008-2012 yillarda sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida umumiy uzunligi 10530 kilometrdan oshiqroq xo'jaliklararo va xo'jalik ichidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida 59 mlrd. so'mdan ortiq ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi. Natijada 1 mln. gektar sug'oriladigan erlarning meliorativ holati yaxshilandi.

Bugungi kunda dehkon va fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar o'zlarining texnik bazasini yangilashda lizing xizmatlaridan unumli foydalanmoqda. Shu yil tashkil etilgan «Agrominitexekspo» ko'rgazma-savdolarida tuzilgan 28,9  mlrd. so'mlik lizing shartnomalari banklar tomonidan to'la bajarildi. Natijada minglab xo'jalik va korxonalar zamonaviy minitexnologiyalar bilan ta'minlandi.

Banklar tomonidan bu yil meva-sabzavot etishtirish va issiqxona xo'jaliklari tashkil etishga qaratilgan umumiy qiymati 70,1 mlrd so'mga teng loyihalar moliyalashtirildi. Natijada minglab gektar maydonlarda yangi bog'lar va uzumzorlar paydo bo'ldi 416 ta issiqxona tashkil etildi. Banklarning qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlaydigan korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yanada yangilash, korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga yo'naltirilgan kreditlari evaziga mamlakatimizda 75 ta qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda foydalaniladigan inshootni qurish va modernizatsiya qilish, pirovardida meva-sabzavotlarni eksport qilish hajmini o'tgan yilning 9 oyiga nisbatan 31,6 foiz o'sishiga sharoit yaratdi. 

Hozirgi paytda bank kreditlari va investitsiyalari qishloq xo'jaligining barcha tarmoqlariga jadal kirib bormoqda. Tijorat banklarining 11,6 mlrd so'm miqdoridagi kredit resurslari asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirishga yo'naltirilgan. Banklarning kredit portfelida qorako'lchilik, chorva mollari naslini yaxshilash, urug'chilik sifatini oshirish ko'zda tutilgan loyihalar ham peshma-pesh moliyalashtirib borilayotganini ko'rish mumkin.

Mamlakatimizda chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud. Ushbu resurslarni safarbar etish uchun tijorat banklari tomonidan mazkur sohalarga jami 188,3 mlrd so'm kredit mablag'lari yo'naltirilgan. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida shu yilning 9 oyida qoramollar umumiy soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan mamlakatimiz bo'yicha 6 foiz, go'sht va sut tayyorlash  mos ravishda 6,9 va 7,2 foiz, tuxum etishtirish 15 foiz o'sishiga erishildi.

Dehqon va fermer xo'jaliklariga ajratilgan jami 205 mlrd so'm kredit mablag'larining salmoqli qismi qishloq xo'jaligi texnikalari va asbob-uskunalar, urug' va ko'chatlar sotib olish, erlar unumdorligi va hosildorlikni oshirish, o'g'it va yoqilg'i materiallari xarid qilish, aylanma mablag'larni to'ldirishga  yo'naltirildi.    

Bundan tashqari, so'nggi paytda banklarning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalariga kiritayotgan investitsiyalari ko'lami ortib borishi kuzatilmoqda. Joriy yilning o'tgan davrida banklar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kredit mablag'lari miqdori 615 mlrd so'mdan oshiqroqni tashkil etmoqda.

Mamlakatimiz agrar siyosati qishloq xo'jaligi va qishloq infrastrukturasini barqaror rivojlantirish, ya'ni qishloqlarning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o'zgartirish, qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtirish hajmi va samaradorligini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qishloq aholisi bandligini ta'minlash va ularning turmush farovonligi darajasini ko'tarishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, tijorat banklarining kredit siyosatida qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, ularni qayta ishlovchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini engillashtirish, qishloqda infrastruktura ob'ektlari qurilishi, turarjoy hamda maishiy ob'ektlar qurilishi va obodonlashtirilishi kabi yo'nalishlar asosiy o'rinni egallamoqda. Iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, sohadagi islohotlarni, dehqon va fermer xo'jaliklarini faol qo'llab-quvvatlash, ularning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta ta'mirlash va yangilarini jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan loyihalarni moliyaviy resurslar bilan mutaasil ta'minlash choralarini ko'rib boraveradilar.