O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2011 yil - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" >

Hamkorlikda ijobiy kayfiyat samarasi

Yangilangan sana: 12.10.2011

Toshkent viloyatining O'rta Chirchiq tumanida Markaziy bank va tijorat banklari vakillarining viloyat tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Banklar vakillari respublikamizda bank-moliya sohasi, umuman iqtisodiyotimiz rivojidagi ijobiy o'zgarishlar, O'zbekistonning xalq farovonligi va munosib hayot kechirishini ta'minlashga yo'naltirilgan keskin o'zgarishlar va ijobiy o'zgarishlar yo'li haqida tahliliy axborot berdilar.

Uchrashuv qatnashchilari mamlakatimiz rahbari tomonidan imzolangan so'nggi ikki hujjat - «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni va «Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora tadbirlari to'g'risida»gi Qaroriga ijobiy fikr bildirdilar va bu hujjatlar tadbirkorlikning o'sishini rag'batlantirishiga ishonch bildirdilar.

Bunda asosiy diqqat-e'tibor «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi»da belgilangan vazifalarning bajarilishiga qaratildi. Mazkur dasturdagi vazifalarning aniq va puxta amalga oshirilishi viloyatdagi minglab odamlarning tadbirkorlik salohiyatini safarbar etishiga, tadbirkorlik sub'ektlarining o'z ishlab chiqarishlarini kengaytirishi va unumdorligini oshirishga, amalga oshmay yotgan rejalarining ro'yobga chiqishiga real sharoit yaratdi.

Natijada sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish sur'atlari sezilarli darajada o'sdi, xizmat ko'rsatish hajmi oshdi. Korxonalarning moliyaviy holati, mehnat bozoridagi vaziyat yaxshilanib bormoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarining va iste'mol talabining mos ravishda o'sishi, tijorat banklarining viloyatdagi bo'linmalari faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda, bu o'z navbatida banklarning viloyat iqtisodiyotidagi rolini kuchaytirmoqda. Bunda Markaziy bank tashabbusi bilan o'tkaziladigan bank tizimi va tadbirkorlik sub'ektlarining o'zaro fikr almashishi, kreditlashni rivojlantirish sohasida va yuzaga keladigan boshqa masalalarni hamkorlikda echishning umumiy yo'nalishlarini belgilab olishning yo'lga qo'yilgani ijobiy rol o'ynamoqda.

Bank tizimining barqaror va samarali faoliyati iqtisodiyotdagi o'sish sur'atlarini saqlash va ichki bozorda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qulay sharoit yaratmoqda.

Toshkent viloyati respublikamizning iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yuqori rivojlangan hududlaridan hisoblanadi. Shu bois viloyatda tijorat banklari tarmog'i keng yo'lga qo'yilgan. Natijada bank tizimida mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va taqdim etiladigan xizmatlar darajasi yuqori saviyada tashkil etilgan.

Real sektor korxonalarini va ularning investitsiya faolligini kredit orqali qo'llab-quvvatlash tijorat banklarining ustivor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda. Real sektor va kichik biznes korxonalarini kreditlash bilan birga kredit tashkilotlari iqtisodiy nochor korxonalarni sog'lomlashtirish borasida ham qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, viloyatdagi 24 ta korxona tijorat banklari balansiga olingan bo'lib, ularning 23 tasida ishlab chiqarish faoliyati to'liq qayta tiklandi. Anna shu korxonalarning 10 tasi strategik investorlarga 81 mlrd so'mga sotildi.

Mazkur korxonalarda 35 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va bir qismi eksport qilindi. Ayni korxonalarda 2 ming ish o'rni yaratildi.

Ma'lumki, Toshkent viloyati investitsiya jalb qilish jihatdan jozibali hudud. Viloyat va davlat miqyosidagi korxonalar investitsiyalarning doimiy kelishi va investitsion salohiyatini saqlab qolishiga olib kelmoqda.

Banklar shu jihatni e'tiborga olgan holda agrar sektorni moliyalashga ham e'tibor qaratmoqda. Viloyatdagi qishloq xo'jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun shu yil davomida 72 dona turli rususmdagi texnikani 5,9 mlrd so'mga kredit hisobiga sotib olish reajalashtirilgan edi. Bugungi kunga kelib ushbu ko'rsatkich 2 baravardan oshiqni tashkil etmoqda.

Banklarning jismoniy va yuridik shaxslardan resurslarni jalb qilishdagi samarali faoliyati kredit buyurtmalarining to'laqonli qondiriliga sharoit yaratmoqda. Kredit resurslari kichik biznes sub'ektlarini qullab-quvvatlashga, ayniqsa, yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo'naltirilmoqda.

Joriy yil 1 sentyabr holatiga tijorat banklari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka barcha moliyalash manbalari hisobidan 191 mlrd so'mdan ziyod kredit mablag'lari ajratdi. Bu mablag'larning sezilarli qismi oilvaiy biznes va hunarmandchilikni rivojlantirishga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga, yordamchi va dehqon xo'jaliklarining qoramol sotib olishiga, shuningdek, xizmat ko'rsatish sohasidagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga yo'naltirildi.

Qayd etish o'rinliki, poytaxt viloyati aholisi bugungi kunda o'zaro hisob-kitoblarda banklar kartalaridan unumli foydalanmoqda. Aholi o'rtasida deyarli 612 ming plastik kartochka muomalada bo'lib, ular uchun 23 bankomat, 8630 dona terminal, 44 dona infokiosk xizmat ko'rsatmoqda. Viloyat bo'yicha tranzaktsiyalar hajmi 850 mlrd so'mni tashkil etmoqda va bu hududda naqd pul muomalasini tartibga solishda qulaylik tug'dirmoqda.