| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2012 yil - "Mustahkam oila yili" >
Kreditlar oilaviy tadbirkorlik manfaatlariga xizmat qilmoqda
Respublika Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2012 yilning "Mustahkam oila yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan Guliston shahrida "Tadbirkorlik - mustahkam oila poydevori” mavzuida biznes-forum tashkil etdi.
Anjumanda nihoyasiga etib borayotgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”da Sirdaryo viloyatida sohaning jadal rivojlanishi uchun ishonchli va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Xususan, soha sub'ektlariga, ayniqsa olis va borish qiyin bo'lgan tumanlar hamda mehnat resurslari ortiqcha bo'lgan tuman va shaharlarda joylashgan tadbirkorlik sub'ektlariga imtiyozli kreditlar ajratish kengaytirildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga hisobraqamlar haq undirilmasdan ochilishi ta'minlandi, ularning kredit arizalarini ko'rib chiqish muddatlari keskin qisqartirildi.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida Sirdaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 95 mlrd. 151,7 mln. so'mni tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 marta oshdi. Natijada viloyat miqyosida 11 ming 632 ta yangi ish o'rini yaratildi.
Bugungi kunda viloyatda ish bilan band aholining 77 foizdan ortig'i aynan shu sohada mehnat qilmoqda, uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 82 foizni tashkil etmoqda.
Bunda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularga ajratiladigan kreditlar hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang'ich sarmoyani shakllantirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash va qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash uchun uzoq muddatli kreditlar berishni ko'paytirish borasida ko'rilgan choralar muhim o'rin tutdi.
Qayd etish lozimki, 11 oylik natijalariga ko'ra, barcha shahar va tumanlarda kreditlarning hajmi o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sishi ta'minlandi. Xususan, borish qiyin bo'lgan va mehnat resurslari ortiqcha bo'lgan - Xovos va Sardoba tumanlarida bu ko'rsatkich 1,5 barobar ortiqni tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi viloyat aholisining turmush darajasi yuksalib, oilalar farovonligi ta'minlamoqda.
“Mustahkam oila yili”da viloyatda har bir oila farovonligi ortishi, ayniqsa yosh oilalar uchun baxtli turmush tarzi yaratilishini ta'minlash borasida bank tizimda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda.
Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kelgusi yilda 114,1 mlrd. so'm yoki joriy yilga nisbatan 19,0 mlrd.so'mga ko'p kreditlar ajratilishi prognoz qilinmoqda.
Bunda asosiy e'tibor oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga, hayotga qadam qo'yib kelayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlashga, tadbirkor ayollarning biznes loyihalarini moliyalashtirish kabi ustuvor vazifalarga qaratiladi.
Forum doirasida respublika tijorat banklari rahbarlari 14 ta nominatsiya bo'yicha g'olib deb topilgan 73 ta loyiha muallifiga 2012 yilda 5,1 mlrd.so'm miqdorida imtiyozli foizda kreditlar ajratish bo'yicha sertifikatlar topshirildi.
Forum yakunida “Mustahkam oila yili”da ustivor vazifalar, eng avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish va oilalar farovonligini ta'minlash borasida xalqaro moliya tashkilotlari, mutasaddi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.