O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2012 yil - "Mustahkam oila yili" >

Oilaviy biznesning istiqboli porloq

Yangilangan sana: 23.02.2012

Navoiy shahridagi «Shirin» madaniyat saroyida Markaziy bank va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan "Tadbirkorlik - mustahkam oila poydevori” mavzuida  biznes-forum bo'lib o'tdi. Forumda mamlakatimizning etakchi banklari rahbarlari va 400 dan oshiq tadbirkorlik sub'ektlari vakillari ishtirok etdi.

Forumda qatnashgan viloyat hokimi, senator E.Turdimov "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”da ishlab chiqilgan hududiy dastur ijrosi ta'minlangani, bunda kreditlash hajmini 1,6 barobar oshirishga erishgan tijorat banklarining xizmati katta bo'lganini qayd etdi. Sohaning yalpi hududiy  mahsulot va eksportdagi ulushlari sezilarli darajada ortdi. Viloyatni rivojlantirishning bu yilgi dasturida oilaviy biznesni kengaytirishga urg'u berilayotganini ta'kidladi.

Forumda «Mustahkam oila yili»da tijorat banklari tomonidan mijozlarga taklif etilayotgan xizmatlar turlari taqdim etildi. Qatnashchilar banklarning joriy yildagi faoliyatining ustivor yo'nalishlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ayniqsa oilaviy biznesning jadal rivojlanishi uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida olib borayotgan ishlari to'g'risida etarlicha axborotga ega bo'ldilar.

Xususan, tijorat banklari bu yil ham yosh oilalarni, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilinishini imtiyozli kreditlar ajratish orqali rag'batlantirib boradi, turmush sharoitini yaxshilash istagida bo'lganlarni ipoteka va iste'mol kreditlari bilan ta'minlashga e'tibor qaratiladi. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi davom ettiriladi. Respublikamizning uzoq va borish qiyin bo'lgan hududlaridagi tadbirkor ayollarning ishbilarmonlik tashabbuslari faol qo'llab-quvvatlanadi.


Banklarning oilaviy biznesga e'tibor berishi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasiga muvofiq keladi. Qolaversa, biznesning bunday shakli o'zbek xalqi uchun otameros an'anadir. Oiladagi ma'naviy va moddiy manfaatdorlik uyg'unligi, oila a'zolarining birday mas'ulligi ishlab chiqarish jarayonlarining izchilligi va avloddan avlodga o'tishini ta'minlaydi.

Bankirlarning fikricha, oilaviy tadbirkorlik oilani mustahkamlash va turmush darajasini yaxshilashga, bolalarni hunarli va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda, ularning ishbilarmonlik salohiyati o'sishiga sharoit yaratadi. Bugungi kunda oilaviy biznesni rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratishda, umuman iqtisodiy o'sishda banklar kreditlari muhim o'rin tutmoqda. Binobarin, oilaviy biznesning sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalashuvi tendentsiyasi kuchayib bormoqda. Soha vakillari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan barcha imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib kelmoqda. Oilaviy biznes amalda o'zining har tomonlama istiqbolli ekanini isbotladi va banklarning ishonchli hamkoriga aylandi.

Joriy yilda viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga 192,0 mlrd. so'm kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Kreditlash miqdorining o'tgan yilga nisbatan oshirilishini bankirlar kredit tashkilotlari uchun bozordagi o'zgaruvchan vaziyatlarga tez moslashuvchan, moliyaviy resurslardan oqilona va jamoaviy mas'uliyat bilan foydalanadigan biznes tuzilmalar bilan ishlash qulayligi bilan izohlashdi.

Forum davomida eng yaxshi deb topilgan 70 ta loyiha egasiga tijorat banklari tomonidan 7,7 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli foizda kreditlar ajratish bo'yicha sertifikatlar topshirildi.