| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2012 yil - "Mustahkam oila yili" >
Kreditlash hajmi oshiriladi
Toshkent viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga bu yil 313,4 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilishi prognoz qilinmoqda.
Bu haqda respublika Markaziy banki tomonidan Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda davlatimiz rahbari tashabbusiga binoan 2012 yilning "Mustahkam oila yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan O'rta Chirchiq tumanidagi "Qumovul” qishloq fuqarolar yig'inining madaniyat saroyida “Tadbirkorlik - mustahkam oila poydevori” mavzuida tashkil etilgan biznes-forumda aytildi.
Anjumanda so'zga chiqqan bank rahbarlari va tadbirkorlik sub'ektlari vakillari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning oilalar farovonligini ta'minlashdagi ahamiyatiga keng to'xtaldilar. Soha ravnaqi har bir oilaning, fuqarolarning turmush tarzida yorqin aks etayotgani, hayot darajasini yaxshilashda muhim omil bo'layotganini qayd etdilar.
Qayd etish lozimki, o'tgan yili poytaxt viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun ishonchli va qulay ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, bank tizimi tomonidan 2011 yili viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga 2010 yilga nisbatan 1,5 barobar ko'p, yoki 293,6 mlrd. so'mdan ko'p miqdorda kreditlar ajratildi. E'tiborli tomoni shundaki, kreditlash hajmi mehnat resurslari zich bo'lgan Bo'ka tumanida 1,3 va Oqqo'rg'on tumanida 1,5 barobar ortdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining kreditlarga bo'lgan ehtiyojini to'laqonli qondirish, ajratiladigan kredit resurslarining birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilashga yo'naltirilgani samarasini sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 56,7 foizni tashkil etishi va viloyat miqyosida 20812 ta yangi ish o'rni yaratilishida yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Joriy “Mustahkam oila yili” o'tgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”ning tadrijiy davomidir. Shu ma'noda banklar tomonidan tadbirkor ayollar, kasb-hunar bitiruvchilari, umuman yoshlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash bu yil ham faol davom ettiriladi. O'tgan yili ularga mos ravishda 21,9 va 2,8 mlrd so'm hajmida kredit ajratilgan edi.
Respublika tijorat banklari rahbarlari o'tgan yili e'lon qilingan “Eng yaxshi biznes-loyiha” konkursida g'olib deb topilgan 7 ta nominatsiya bo'yicha 50 ta loyiha egasiga 2012 yilda 26,1 mlrd so'm miqdorida imtiyozli foizda kreditlar ajratish bo'yicha sertifikatlar topshirdi.
Forumda banklarning “Mustahkam oila yili”da mutassaddi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya tashkilotlari bilan eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish va turmush darajasini oshirish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ustivor vazifalari belgilab olindi.