O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Davlat dasturlari > 2012 yil - "Mustahkam oila yili" >

Kichik biznesga g'amxo'rlik va e'tibor

Yangilangan sana: 23.02.2012

Samarqand viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga bu yil 317,0 mlrd. so'm hajmida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Samarqand shahridagi San'at kollejida o'tkazilgan "Tadbirkorlik - mustahkam oila poydevori” mavzuida o'tkazilgan biznes-forumda aytildi.

Respublika Markaziy banki tomonidan Camarqand viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu anjumanda 500 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari vakillari ishtirok etdi.

Forumda so'zga chiqqan tijorat banklari rahbarlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berdilar.

Xususan, kichik biznes sub'ektlariga hisobraqamlar haq undirilmasdan ochilishi ta'minlandi, ularning kredit arizalarini ko'rib chiqish muddatlari (3 bank ish kuni) keskin qisqartirildi. Xo'jalik subektlarining korporativ plastik kartalardan foydalangan holda xarid qilgan tovar (ish, xizmat)lar uchun to'lov terminallari orqali amalga oshirgan cheklari birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirildi. Ularga bank muassasalariga eng kam ish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo'lgan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqi berildi.

Bundan tashqari, mikrofirmalar va kichik korxonalar o'zi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etildi. Shuningdek, ularga valyuta tushumini belgilangan tartibda bank kassalariga kirim qilish sharti bilan mahsulotlarni naqd xorijiy valyutaga sotishga, ya'ni eksport qilishga ruxsat berildi.

Banklar biznes muhitni yaxshilash, aholi va tadbirkorlarga sifatli xizmatlar ko'rsatish borasida etarlicha chora-tadbirlar ko'rib bormoqdalar. "Ishonch telefonlari”ga kelib tushayotgan har bir murojaatni zudlik bilan hal etish tizimi yo'lga qo'yildi. Banklar, bugungi kunda o'zaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi printsipiga amal qilmoqda.

Banklarning bugungi faoliyati ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo'lida jadal harakat qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi to'siq va g'ovlarni bartaraf etish, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta'minlashga qaratilgan.

Xususiy tadbikorlik va oilaviy biznes har qanday katta biznesning asosidir. Ta'kidlandiki, “Oila yili”da ham mehnat resurslari ortiqcha bo'lgan tumanlarda (Kattaqo'rg'on, Qo'shrabot) joylashgan tadbirkorlik sub'ektlariga imtiyozli kreditlar ajratish kengaytiriladi. Qishloq joylarda ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Xususiy tadbirkorlar va kasanachilikning sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalashuvi rag'batlantiriladi. Binobarin, kredit mablag'lari mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, o'rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo'lib qoladi.

Forum davomida 2011 yilda “Eng yaxshi tadbirkor” nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topilgan 15 ta tadbirkor qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Tijorat banklari tomonidan “Eng yaxshi biznes loyiha” nominatsiyasi bo'yicha 70 ta loyiha egasiga 2012 yilda 20 mlrd.so'm miqdorida kreditlar ajratish bo'yicha sertifikatlar topshirildi.