O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Prezident farmonlari >

Yangilangan sana: 11.04.2011

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

"Tadbirkorlik sub'ektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomilllashtirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2011 yil 4 aprel PF-4296-sonli

«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili»Davlat dasturiga muvofiq hamda davlat va nazorat organlarining korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish, tekshirishlarni tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish va mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga asossiz aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish, shu asosda tadbirkorlik sub'ekglarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishni ta'minlash maqsadida:

1. Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:

yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyati ular davlat ro'yxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan o'tkazilmaydi (aktsiz solig'iga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish, shuningdek, byudjet hamda markazlashtirilgan mablag'lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog'liq tekshirishlar bundan mustasno);

2011 yilning 1 aprelidan to 2014 yilning 1 apreligacha bo'lgan davrda soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida to'lab kelayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish sur'atlarining barqaror o'sishi va rentabelligini ta'minlayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini soliq sohasida tekshirish ta'qiqlanadi (yuridik shaxslarni tugatish chog'ida, qo'zg'atilgan jinoiy ishlar doirasida, shuningdek, byudjet hamda markazlashtirilgan mablag'lar hamda resurslardan foydalanish bilan bog'liq rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno);

kichik tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini soliq sohasida tekshirish muddatlarini qonun hujjatlarida ularni o'tkazish ko'zda tutilgan maksimal muddatdan, ya'ni 30 kalendar kunidan ortiq muddatga uzaytirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

2. Nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi (Sh.M.Mirziyoev) nazorat qiluvchi idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish tartib-qoidalarini takomillashtirish va soddalashtirish borasidagi aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularda quyidagilar nazarda tutilsin:

tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini (soliq to'lovchi tomonidan taqdim etiladigan moliya va soliq hisobotini tahlil etish asosida) kameral nazorat qilish hamda dastlabki tarzda o'tkazilgan kameral nazorat natijalari bo'yicha soliq qonunchiligi buzilishi aniqlangan hollarda tekshirishlar (taftishlar)ni tashkil qilishni keng joriy etish;

soliq qonunchiligi buzilishlarining tizimli sabablarini aniqlash, keyinchalik ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun tekshirishlardan keyingi tahlil mexanizmini tatbiq qilish;

tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan tekshirishlarni o'tkazishda unifikatsiyalashtirilgan nazorat savolnomasini ishlab chiqish va majburiy qo'llashni tatbiq etish.

3. Tekshirishlarni boshlash va o'tkazish, xo'jalik sub'ektlarining faoliyatini, shuningdek, bank hisob raqamlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish va boshqa xuddi shunday xatti-harakatlar to'g'risidagi qarorlar buning uchun O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida, O'zbekiston Rsspublikasi Prezidentining «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to'g'risida» 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-sonli hamda «Tadbirkorlik sub'ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2005 yil 14 iyundagi PF-3619-sonli Farmonlarida belgilangan vakolatlarga ega bo'lmagan mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotganiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi, deb hisoblansin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu masala bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida takliflar kiritsin.

4. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tekshirishlarni tayinlash va o'tkazish, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida o'rnatilgan tartibga so'zsiz rioya etishga yo'naltirilgan nazorat va huquqni muhofaza qilish idoralarining faoliyati ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlash bo'yicha zarur choralarni ko'rsin.

5. O'zbekiston Rsspublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Adliya vazirligi, O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagilarni ta'minlasin:

mazkur Farmon qoidalarining maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish;

davlat idoralari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish hollarini ochib beradigan, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan ko'rilgan javobgarlik choralari to'g'risida radioeshittirish va teleko'rsatuvlarni, respublika hamda mahalliy matbuotda maqolalarni chop etishni muntazam ravishda tashkil etish.

6. Nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi (Sh.M.Mirziyoev) O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi,  boshqa nazorat idoralari bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu Farmonning qoidalari taalluqli bo'lgan kichik tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirishni qayta ko'rib chiqsin va 2011 yilgi tekshirishlar rejasidan chiqarib tashlasin.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga ilovaga muvofiq o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin.

8. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.

9.   Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                 I.KARIMOV