O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Prezident qarorlari >

Yangilangan sana: 12.04.2011

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
2007 yil 12 yanvar, PQ-565-son

"Aholining va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bank tizimiga ishonchini mustahkamlashga oid keyingi chora-tadbirlar to'g'risida"

Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, aholining va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, ularning daromadlarini legallashtirish, depozit hisobvaraqlaridagi qo'yilmalar hajmini ko'paytirish, shuningdek naqd pul mablag'larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish maqsadida:

1. Belgilansinki:

nazorat qilinishi shart bo'lgan, summasi eng kam ish haqi miqdorining to'rt ming karrasiga teng yoki undan ortiq pul mablag'lari yoki mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar shunday operatsiyalar bo'yicha ma'lumotlarni maxsus vakil qilingan davlat organiga taqdim etishi lozim bo'lgan qoidaning amal qilishi 2013 yilning 1 yanvarigacha davrda to'xtatib turiladi;

tijorat banklari yuqorida ko'rsatilgan ma'lumotlarni faqat bank siri to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etadilar.

2. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:

banklar va boshqa kredit tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, shuningdek ulardan bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar berishni huquqqa zid tarzda talab qilish kabi hollarga yo'l qo'ymaslik borasida bank siri to'g'risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin;

ushbu qaror talablarini buzuvchi aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortsin.

3. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Bosh prokuratura, Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

vazirliklar va idoralar tomonidan o'z normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta'minlasin.

4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
 I. KARIMOV

Toshkent sh.