O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Prezident qarorlari >

Yangilangan sana: 26.09.2011

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

«Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2011 yil 25 avgust, PQ-1604-son

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2011 y., 34-35-son, 345-modda)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-sonli Farmoniga muvofiq hamda xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo'lida ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik faoliyati ko'lamlarini kengaytirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahsulotlarni eksportga etkazib berishni ko'paytirishda kichik biznes sub'ektlarining faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. Hukumat qarorlari bilan belgilangan tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berishga doir 1-ilovaga muvofiq hujjatlarning amal qilishi 2011 yilning 1 sentyabridan boshlab bekor qilinsin.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ruxsatnomalar va ruxsat berish tartibotlarining yangi turlarini joriy etish taqiqlansin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi ishtirokida bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni puxta xatlovdan o'tkazsin hamda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga doir zamonaviy shart-sharoit va talablarga javob bermaydigan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklaydigan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish to'g'risida qaror qabul qilsin.

2. 2011 yil 1 oktyabridan boshlab shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:

kichik sanoat ishlab chiqarishlarni joylashtirish uchun er uchastkalarini ajratishga doir murojaatlarning vakolatli organlar tomonidan ko'rib chiqish va kelishish muddati bir oydan oshmasligi shart;

mahalliy davlat hokimiyati organlari O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining davlat mulki bo'lgan, vaqtincha bo'shab yotgan va ishlatilmaydigan xonalarni ularda ishlab chiqarish ob'ektlarini joylashtirish uchun ijaraga berish bo'yicha murojaatlarini 7 kun mobaynida ko'rib chiqilishini ta'minlashga majburdirlar;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, shu jumladan ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun zarur bo'lgan ruxsat etuvchi hujjatlarni berish «bir darcha» tamoyili bo'yicha amalga oshiriladi, bunda vakolatli davlat organlariga ularni zarur hollarda kelishishni ta'minlash vazifasi yuklatiladi;

ruxsat etuvchi hujjatlarni berish muddati tadbirkorlik sub'ektlari ariza bergan vaqtdan boshlab, 30 ish kunidan oshmagan holda chegaralanadi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida xususiyatli faoliyat turlari bundan mustasno.

3. O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik sub'ektlari uchun ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog'liq bo'lgan tartibotlarni tubdan soddalashtirish va arzonlashtirish bo'yicha aniq takliflarni 2011 yil 1 oktyabrigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Belgilab qo'yilsinki, 2011 yilning 1 oktyabridan boshlab tovarlar, ishlar va xizmatlarni eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun davlat bojxona xizmati organlarida eksport kontraktlarini hisobga qo'yish tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bevosita bojxona postlarida amalga oshiriladi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro'yxatga muvofiq xom ashyo tovarlari eksportidan tashqari).

5. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasining 2011 yil 1 oktyabrdan boshlab, tajriba tariqasida, eksportga etkazib berish bilan bog'liq bo'lgan tartibotlarni bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati va tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qatnashadigan boshqa tashkilotlar faoliyatini bir vaqtning o'zida amalga oshirilishini ta'minlaydigan «bir darcha» tamoyili asosida bajarish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda bojxona va sertifikatsiyalash jarayonlarini soddalashtirishni, ularning muddatlari va narxlarini qisqartirishni nazarda tutgan holda eksport operatsiyalarini «bir darcha» tamoyili bo'yicha amalga oshirish to'g'risidagi vaqtincha nizomni tasdiqlasin.

6. Tovarlarni eksport qilishda to'lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig'inlarining amaldagiga qaraganda o'rtacha 2 marotabaga kamaytirishni nazarda tutuvchi yangi stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tovarlarini eksport qilish bo'yicha «O'ztadbirkoreksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ularning tovarlarini to'g'ridan-to'g'ri eksport qilish shartnomalari bo'yicha, shuningdek xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orqali sotishda ko'maklashish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari mahsulotlarini eksport qilishga doir amaldagi shartnomalar garovi asosidan eksportdan oldingi moliyalashtirishni tashkil etish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari buyurtmalariga ko'ra respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni etkazib berish;

eksport mahsulotlarini sertifikatlashtirishda kichik biznes korxonalariga ko'maklashish, reklama tadbirlarini o'tkazish, xalqaro yarmarkalar va ko'rgazmalarni tashkil etish va qatnashish, manfaatdor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini axborot va maslahat xizmatlari bilan ta'minlash.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bir oy muddatda «O'ztadbirkoreksport» kompaniyasining ta'sis etilishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi bo'yicha masalalarni hal etsin, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlasin, uni yuqori malakali kadrlar bilan to'ldirilishini ta'minlansin.

8. «O'ztadbirkoreksport» kompaniyasi quyidagilardan ozod etilsin:

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga sotishdan tushgan xorijiy valyutaning bir qismini majburiy sotishdan, bunda ular kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari buyurtmalariga ko'ra respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xarid qilishga maqsadli yo'naltiriladi;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari buyurtmalariga ko'ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha olib kelinadigan yangi texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar yuzasidan bojxona to'lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) to'lashdan.

«O'ztadbirkoreksport» kompaniyasiga o'z mahsulotini eksport qiluvchi korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferentsiyalari tatbiq etilsin.

9. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritilsin.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

 

O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti                                                                                                                                I. KARIMOV

Toshkent sh.

O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi
PQ-1604-son qaroriga
1-ILOVA

2011 yil 1 sentyabrdan bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari
RO'YXATI

T/r‎

Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari‎

Ruxsat berish tartiboti belgilangan normativ-huquqiy hujjat‎

1.‎ Kapital qurilish sohasida er uchastkasi tanlash to'g'risidagi arizani ijroga yuborish haqidagi qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 27 maydagi 248-son qarori‎
2.‎ Yangi avtomobil yonilg'isi quyish shoxobchalari qurishga ruxsat olish va qurilishni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 18 sentyabrdagi 397-son qarori‎
3.‎ Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni o'rnatish uchun qurilish yoki maydonchalarga er uchastkalari tanlashni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 iyuldagi 293-son qarori ‎
4.‎ Bo'lajak qurilish uchastkalari ostida foydali qazilmalar yo'qligi to'g'risida xulosa‎ Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 5 fevraldagi 26-son qarori ‎

Er ostidan foydalanish sohasida

5.‎ Konlarni ishga tushirish tizimini kelishish‎ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 iyundagi PQ-649-son qarori ‎
6.‎ Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog'liq bo'lmagan er osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun er qa'ri uchastkalaridan foydalanish mumkinligi to'g'risida xulosa‎ Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 5 fevraldagi 26-son qarori ‎
7.‎ Ishlab chiqarish quvvatlarining ishdan chiqish munosabati bilan foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar (ularning bir qismi) hamda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog'liq bo'lmagan er osti inshootlarini tugatishni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 20-son qarori ‎
8.‎ Foydali qazilmalar qazib oluvchi korxonalar va foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog'liq bo'lmagan er osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilishga ruxsat olish‎ Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 20-son qarori ‎
9.‎ Foydali qazilmalar joylashgan maydonlardagi qurilishlar munosabati bilan sanoat inshootlari, uy-joylar va jamoat binolari, tarixiy va madaniy yodgorliklar, suv havzalari hamda boshqa tabiiy ob'ektlar uchun tabiatni muhofaza qilish maqsadida sanoat ahamiyatini yo'qotgan kon zaxiralarini qoldirish to'g'risidagi xulosani kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 9 noyabrdagi 232-son qarori ‎

Tabiatdan foydalanish sohasida

10.‎ Binolar va inshootlarga tutashgan (ajratilgan) er uchastkalarida daraxtlarni kesishga ruxsat olish‎ Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 59-son qarori ‎
Ishlab chiqarish sohasida
11.‎ Xalq iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan rangli metallar parchalari va chiqindilari sanitariya me'yorlariga va standartlar talablariga muvofiqligi to'g'risidagi xulosalar‎ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 4 martdagi PF-2559-son Farmoni‎

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida

12.‎ Import va eksport kontraktini hisobga qo'yish to'g'risidagi guvohnomalar‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi 416-son qarori‎
13.‎ Sub'ektning import operatsiyalarini hisobga olish kartochkasi‎

Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 12 avgustdagi 387-son qarori
‎Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 sentyabrdagi 413-son qarori ‎

14.‎ Xorijda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti olib kirishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 iyuldagi 275-son qarori‎
15.‎ Ilmiy-tadqiqot ishlari, nou-xau, ixtirolar natijalarini eksport qilishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 martdagi 137-son qarori ‎
16.‎ Yuqori likvidli hisoblanmagan tovarlarni eksport qilishga barter kontraktlari tuzishga ruxsat olish to'g'risidagi qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 13 avgustdagi 280-son qarori ‎

Avtomobil, temir yo'l, daryo va havo transporti

17.‎ Tashqi reklamani joylashtirish joyini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son qarori ‎
18.‎ Yuklar tashishning kengaytirilgan rejasi‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
19.‎ Yuklarni tashish hajmi‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
20.‎ Asosiy oylik yuk ortish rejasini bajarish tartibini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
21.‎ Yuklarni asosiy oylik yuk ortish rejasi yoki rejadan tashqari yuklashga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
22.‎ Yuklarni stantsiya ichida (bitta tarif punkti doirasida) tashishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
23‎. Temir yo'l stantsiyasi rejasida nazarda tutilgan yuk jo'natishni temir yo'l doirasida o'zgartirishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
24.‎ Reja nomenklaturasida nazarda tutilgan yuklarning ayrim guruhlari doirasida bir turdagi yukni boshqa turdagi yuk bilan almashtirishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
25.‎ Ichki yo'llarda tashish bo'yicha asosiy oylik rejada nazarda tutilgan qabul qilish temir yo'l stantsiyasini o'zgartirishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
26.‎ Yuk jo'natuvchi tomonidan temir yo'llarda yuk tashish to'lovlarini qabul qilish temir yo'l stantsiyasida to'lashga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
27.? Temir yo'llarning shoxobcha yo'llariga xizmat ko'rsatishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
28.‎ Ichki tashishlar yoki ularda yuklarni saqlash uchun O'zbekiston Respublikasi temir yo'llari hamda boshqa davlatlar temir yo'llarining umumiy tarmoq inventar parki vagonlaridan foydalanishga, shuningdek ushbu vagonlarga yuk ortishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
29.‎ Lokomotivning tutashgan temir yo'l stantsiyasiga chiqishiga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi 232-son qarori ‎
30.‎ Yo'nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to'g'risidagi qarorni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori ‎
31.‎ Yo'nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to'g'risidagi qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori ‎
32.‎ Avtomobil transportida yo'lovchilar tashish yo'nalishi sxemasini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori ‎
33.‎ Yo'nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to'g'risida qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori ‎
34.‎ Avtomobil transportida yo'lovchilarni tashish yo'nalishining pasportini tasdiqlash to'g'risidagi qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori ‎
35.‎ Yo'nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to'g'risidagi qarorni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori ‎

Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida

36.‎ O'zaro majburiyatlar to'g'risidagi amaldagi bitimlarda va faoliyat yuritish shartlarida muayyan tugamagan davrda korxona ixtisoslashuvini saqlab turish majburiyati mavjud bo'lgan taqdirda, xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko'rsatish sohasi ob'ektlarining faoliyat yo'nalishini o'zgartirishni (ixtisoslashuvni o'zgartirish) kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 21 noyabrdagi 402-son qarori ‎
37.‎ Yakka tartibdagi tadbirkorlarga turg'un savdo shoxobchalari orqali yoki buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi‎ Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori ‎
38.‎ Oziq-ovqat (qishloq xo'jaligi) mahsulotlari sifatini tasdiqlovchi xulosa‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyuldagi 330-son qarori ‎
39.‎ Sifatni tasdiqlash (barcha dehqon bozorlarida, shaharlar va qishloqlar do'konlarida sovutilgan, termik qayta ishlangan (pasterizatsiya qilingan) sutni sotish uchun)‎ Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 28 noyabrdagi 379-son qarori ‎
40.‎ Ovqatlar retsepturasini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori ‎

Boshqa sohalarda‎‎

41.‎ Poligrafiya korxonasi ochish va faoliyat yuritishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-son qarori ‎
42.‎ Tamg'a-o'ymakorlik ustaxonalari ochish va faoliyat yuritishiga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-son qarori ‎
43.‎ Poligrafiya asbob-uskunalari xarid qilishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi 270-son qarori ‎
44.‎ Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining sanitariya talablariga muvofiqligi to'g'risida dalolatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori ‎
45.‎ Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining yong'in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to'g'risida dalolatnoma, texnik (qurilmalar) vositalar va yong'indan muhofaza qilish signalizatsiyalari bilan ta'minlash‎ Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori ‎
46.‎ Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining ekologiya talablariga muvofiqligi to'g'risida dalolatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori ‎
47.‎ Qazilayotgan konlar ustida joylashgan binolar va inshootlardan foydalanishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi 20-son qarori ‎
48.‎ Korxonalarda geodeziya punktlarining koordinatlari va balandliklari, texnik hisobotlar, topografiya xaritalari va rejalari to'g'risidagi ma'lumotlar to'planishini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori ‎
49.‎ Geodeziya punktlari va jug'rofiy ob'ektlar koordinatlarini, kosmik va aerofoto-suratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning maketlari va boshqa kartografiya materiallarini ochiq e'lon qilish yoki ko'rgazmalarda va televidenieda namoyish qilish mumkinligi to'g'risida xulosalar‎ Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori ‎
50.‎ O'zbekiston hududida qadimiy hujjatli yodgorliklarni yig'ishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi 49-son qarori ‎

 

O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi
PQ-1604-son qaroriga
2-ILOVA

Tovarlar va xizmatlarni eksport qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun to'lanadigan yig'imlar
STAVKALARI

T/r‎

Bojxona yig'imi turi‎

Yig'imlar stavkalari‎

1.‎ Bojxona rasmiylashtiruvi uchun:‎
«eksport» bojxona rejimidagi tovarlar va transport vositalari‎ Bojxona qiymatidan 0,1 foiz, biroq eng kam ish haqining 50 foizidan kam bo'lmagan miqdorda ‎
«bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimidagi tovarlar‎ Tovarlarni qayta ishlash xizmatlari qiymatidan 0,1 foiz, biroq eng kam ish haqining 50 foizidan kam bo'lmagan miqdorda ‎
2.‎ «Eksport» bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarning bojxona rasmiylashtiruvini xodim tomonidan buni rasmiylashtirish joyidan boshqa joyda amalga oshirish (bir xodimning bir soat ishlashi uchun)‎ Eng kam ish haqi miqdorining 10 foizi‎

 

O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi
PQ-1604-son qaroriga
3-ILOVA

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o'zgartirishlar

1. Vazirlar Mahkamasining «Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida» 2000 yil 29 iyundagi 245-son qarori 4-bandida (O'zbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 6-son, 33-modda):

a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«belgilangan muddatlari o'tgandan keyin xorijiy valyuta tushumi tushishini 30 bank kunidan ko'proq (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun — 60 bank kuni) kechikishiga yo'l qo'ygan yuridik shaxs-rezidentlar respublika byudjeti foydasiga jarima to'laydilar:

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag'lari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentida;

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag'lari summasiga nisbatan 20 foiz ekvivalentida;

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda — tushmagan valyuta mablag'lari summasiga nisbatan qo'shimcha ravishda 70 foiz ekvivalentida»;

b) to'rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

2. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 9 avgustdagi 189-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining xo'jalik yurituvchi sub'ektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O'zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to'g'risidagi nizomda:

a) 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

«Chet eldan valyuta tushumi tushishini belgilangan muddatlari o'tgandan keyin 30 bank kunidan ko'proq muddatga kechikishiga yo'l qo'ygan eksportchiga (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun — 60 bank kuni) nisbatan soliq organlari tomonidan quyidagi sanktsiyalar qo'llaniladi»:

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag'lari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentida;

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag'lari summasiga nisbatan 20 foiz ekvivalentida;

valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda — tushmagan valyuta mablag'lari summasiga nisbatan qo'shimcha ravishda 70 foiz ekvivalentida»;

b) uchinchi va to'rtinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va ettinchi xatboshilar deb hisoblansin.