O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Prezident qarorlari >

Yangilangan sana: 12.04.2011

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kredit berishni ko'paytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2011 yil 11 mart, PQ-1501-son

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi to'g'risida» 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1474-son qaroriga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasini rivojlantirishni rag'batlantirish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus Jamg'armasi resurslari hisobidan kredit berishdan olinadigan tijorat banklarining daromadlari bo'shaydigan mablag'larni mazkur jamg'armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo'naltirish sharti bilan yuridik shaxslar foydasidan to'lanadigan soliqdan 2011 yil 1 apreldan boshlab 2016 yilning 1 yanvarigacha ozod etish taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilansinki, tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus Jamg'armasi mablag'lari asosan olis va etib borish qiyin bo'lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari keragidan ortiq bo'lgan tumanlar hamda shaharlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida, ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalar, dehqon hamda fermer xo'jaliklarida yuqori texnologik va innovatsion loyihalarni moliyalash uchun ajratiladi.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

 

 

O'zbekiston Respublikasi 
        Prezidenti                                                                                                                   I. Karimov