| O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI | ||
| ¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ | ||
| ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ | ||
Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Prezident qarorlari >
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
11 yanvar 2008 y. N PQ-775
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING KAPITALLAShUV DARAJASINI YaNADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2007 yil 7 noyabrdagi qarorining ijrosini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini, raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligini yanada oshirish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat-tijorat Xalq bankining Xalq banki nizom jamg'armasini ilovaga* muvofiq jadval bo'yicha 2010 yilning 1 yanvariga qadar qo'shimcha omonatlarni qo'yish hisobiga 100,0 mlrd. so'mga etkazish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, qo'shimcha omonatlarni qo'yish Xalq banki ta'sischilarining ulushlariga proportsional ravishda quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - 45,9 mlrd. so'm, shu jumladan Xalq bankiga ajratilgan Narx-navoni tartibga solish jamg'armasi ssudasi bo'yicha qarz mablag'lari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining davlat byudjetiga o'tkaziladigan foydasining bir qismi, shuningdek, 2008-2009 yillar mobaynida Xalq bankiga beriladigan soliq imtiyozlari natijasida bo'shaydigan mablag'lar hisobidan 1,5 mlrd. so'm;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki - o'z foydasi hisobidan 44,1 mlrd. so'm, shu jumladan 2005-2006 yillarda jamg'arib boriladigan pensiya tizimining faoliyat ko'rsatishi bo'yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltirilgan mablag'lar hisobidan 6,1 mlrd. so'm.
3. Xalq banki 2010 yilning 1 yanvarigacha byudjetga to'lanadigan soliqlarning barcha turlaridan, shuningdek, olib kelinadigan bank uskunalari va texnologiyalari uchun bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) ozod etilsin, soliqdan ozod etish natijasida bo'shaydigan mablag'lar esa O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xalq banki nizom jamg'armasidagi ulushini shakllantirishga maqsadli tarzda yo'naltirilsin.
4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. Karimov
----------------------------