O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
¡ÇÁÅÊÈÑÒÎÍ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÀÑÈ ÌÀÐÊÀÇÈÉ ÁÀÍÊÈ
ÖÅÍÒÐÀËÜÍÛÉ ÁÀÍÊ ÐÅÑÏÓÁËÈÊÈ ÓÇÁÅÊÈÑÒÀÍ
Ibora to'liq holda
 
Yubiley tangalari

Banknotlar va tangalar

Foydali manbalar

Bosh sahifa > Bank tizimiga oid qonun hujjatlari > Prezident qarorlari >

Yangilangan sana: 12.04.2011

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
2008 yil 8 oktyabr, PQ-975-son

«Paxta-bank» va «G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida
(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2008 y., 40-41-son, 409-modda)

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bank tizimi rolini yanada oshirish, iqtisodiyotning agrar sektori va qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik yangilash uchun «Paxta-bank» hamda «G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banklarining yangi investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek iqtisodiyotni har tomonlama chuqur rivojlantirishda, bazaviy infratuzilmani shakllantirish hamda eksport salohiyatini izchil yuksaltirib borishda banklar ishtiroki samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar «Paxta-bank» hamda «G'alla-bank»ning investitsiya faoliyati sohasidagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:

agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik yangilashga yo'naltirilgan faol investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish, zamonaviy xorijiy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, shu asosda yuqori sifatli, jahon va ichki bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqishni ta'minlash, ichki iste'mol bozorini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror boyitish;

banklarning shaxsiy resurslarini safarbar qilish va ulardan, shuningdek investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun samarali foydalanish, qo'yilgan mablag'larni o'z vaqtida va to'liq qaytarib olishni ta'minlash;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotni tashqi va ichki bozorlarda sotish istiqbollarini chuqur tahlil etish asosida investitsiyaviy loyihalarni tanlab olish, kompleks baholash va ekspertiza qilish mexanizmini takomillashtirish, ishlab chiqarishning texnik hamda texnologik darajasi oshirilishini ta'minlash, loyihalarning amalga oshirilishidan ko'riladigan moliyaviy foydani prognozlash;

zarar ko'rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarda krizisli boshqaruvning zamonaviy usul va mexanizmlarini joriy qilish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda modernizatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etgan holda ularni moliyaviy sog'lomlashtirish va keyinchalik strategik investorlarga sotish;

qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarga keng ko'lamda bank va konsalting xizmatlari ko'rsatish, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ko'rgazmalar, yarmarkalar va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga olib chiqishning boshqa shakllarini tashkil qilishda ko'maklashish orqali ularning moliyaviy barqarorligini oshirish;

investitsiyaviy loyihalarni tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo'yicha bank xodimlarini tizimli asosda qayta tayyorlash hamda malakasi oshirilishini tashkil etish, banklarni yuqori malakali, tashabbuskor, banklarning investitsiyaviy faoliyatini avj oldirish vazifalarini samarali echish qobiliyatiga ega rahbarlar va mutaxassislar bilan mustahkamlash.

2. Ma'lumot uchun qabul qilinsinki, «Paxta-bank» hamda «G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banklari aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishlari tomonidan:

«Paxta-bank» aktsiyadorlik-tijorat banki — bankning ustav kapitali miqdorini 100 mlrd. so'mga etkazgan holda jami 50 mlrd. so'mlik;

«G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banki — bankning ustav kapitali miqdorini 50 mlrd. so'mga etkazgan holda jami 36 mlrd. so'mlik qo'shimcha aktsiyalarni emissiya qilish to'g'risida qaror qabul qilindi.

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, «Paxta-bank» va «G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banklarining 2008-2009 yillarda «Paxta-bank» hamda «G'alla-bank» aktsiyadorlik-tijorat banklari aktsiyalarini 1 va 2-ilovalarga * muvofiq hajmlarda qo'shimcha joylashtirish to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.

*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

4. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. KARIMOV

Toshkent sh.